O‘zbekiston | 12:59 / 19.07.2021
3185
2 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda ishga joylashtirishini aytib pul olgan mansabdor ushlandi

Buxoro shahrida ishga joylashtirishini aytib pul olgan mansabdor qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlarining hamkorlikdagi tezkor tadbiri davomida Qurilishda muhandislik qidiruvlari geoaxborot va shaharsozlik kadastri loyiha ilmiy tekshirish davlat instituti «O‘ZGAShKLITI» DUK Buxoro viloyati filiali direktori o‘rinbosari, Qorako‘l tumani Darg‘ali mahallasida yashovchi, 1960 yilda tug‘ilgan G.A. ushlangan.

Qayd etilishicha, G.A. o‘z xizmat mavqeyidan foydalanib, o‘zga bir fuqaroni aldab, uning 500 AQSh dollari evaziga «O‘ZGAShKLITI» DUK Buxoro viloyati filialiga ishga qabul qilinishida yordam berishini aytib, 400 dollar olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Ta'kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan G.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid