O‘zbekiston | 11:54 / 14.10.2021
18287
1 daqiqa o‘qiladi

Tashkent City bog‘iga kirish yana bepul bo‘ldi

Tashkent City bog‘iga kirish 14 oktyabrdan bepul bo‘ldi. Avtotransport vositalari kirishi bundan mustasno.

Foto: Kun.uz

14 oktabr kunidan Tashkent City bog‘i hududiga kirish bepul bo‘ldi. Bu haqda bog‘ ma'muriyati xabar berdi.

«Avtotransport vositalari kirishi bundan mustasno», deyiladi xabarda.

Tashkent City'ga kirish 2020 yil 17 dekabrdan boshlab pulli qilingan, o‘shanda bu tartib faqat bayram kunlari uchun ekani aytilgandi.

Keyinroq, Kun.uz'ga izoh bergan Tashkent city xalqaro ishbilarmonlik markazi direksiyasi rahbari Bahrom Rizayev bog‘ga kirishning pulli rejimi hozircha bir oy uchun mo‘ljallaganini, keyinchalik natijasiga qarab ish tutilishini bildirgan.

Yanvar oyida esa pulli kirish 31 martgacha davom etishi belgilangandi, lekin yana keyingi 8 oy davomida ham odamlar bog‘ hududiga pul to‘lab kirib kelishdi.

Mavzuga oid