Iqtisodiyot | 17:01 / 19.05.2022
28104
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 11 100 so‘mdan pastga tushdi

O‘zbekistonda qatorasiga uchinchi kun dollarning rasmiy kursi pastladi. Dollar kursi 11 100 so‘mdan past bo‘lishi so‘nggi bor mart oyi o‘rtalarida kuzatilgandi.

Markaziy bank xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 20 mayda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 42,37 so‘mga pastlab, 11 088, 20 so‘mni tashkil qildi. Yevro 71,20 so‘mga tushib, 11 642,61 so‘m bo‘ldi. Rubl 2,69 so‘mga ko‘tarilib, 177,91 so‘m bo‘ldi.

Bir kun avval dollar kursi 14,64 so‘mga pastlab, 11 130, 57 so‘mni tashkil qilgandi. Ushbu valuta kursi ketma-ket uchinchi kun pastlamoqda.

Ma’lumot uchun, Rossiya Ukrainaga bostirib kirgan ilk haftalarda O‘zbekistonda dollar kursi barqarorligini saqlab turdi - 24 fevral kuni rasmiy kurs 10 840,28 so‘mni tashkil etayotgandi. Faqat 15 martga kelib dollar rasmiy kursi jiddiy o‘sib, 11 000 so‘mlik nuqtadan o‘tdi (11 033,03). Shundan keyingi kunlarda kurs keskinlik bilan o‘sib bordi - 16 martda 11 150,12 so‘m (+117,09), 17 martda 11 330,38 so‘m (+180,26 ), 18 martda 11 571,99 so‘m (241,61) - bu ko‘tarilishning eng yuqori nuqtasi bo‘lgandi. Shundan keyin kurs asta-sekinlik bilan tusha boshladi.

Aprel oyi o‘rtalarida 1 dollar rasmiy kursi 11 300 so‘m atrofida edi, aprel oyi oxiriga kelib O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 11 200 so‘mdan pastga tushdi.

Mavzuga oid