Toshkent yana havosi eng ifloslangan shaharlar qatoridan joy oldi
Toshkent shahar havosi yana keskin ifloslandi. 12 oktyabr kuni O‘zbekiston poytaxti havosi eng ifloslangan shaharlar qatoridan o‘rin oldi. Bu haqda gidrometeorologik tadqiqotlar muallifi Erkin Abdulahadov o‘z kanalida yozmoqda.
«Havoda mayda PM-2,5 dispers zarrachasining me’yoriy qiymatlaridan ortishi havoning sifat darajasi «qoniqarsiz» bo‘lishini ta’minladi. Mazkur ko‘rsatkich bilan poytaxt Toshkent soat 18:00 da dunyoning yirik shaharlari orasida havoning ifloslanishi bo‘yicha 8-o‘rinda qayd etildi», deyiladi postda.
Qayd etilishicha, 12 oktyabr 18:00 holatiga ko‘ra Qozog‘iston poytaxti Ostona havosi eng ifloslangan shahar bo‘lgan. Shuningdek, Xitoyning Chengdu, Pekin, Uhan, Pokistonning Lahor, BAAning Dubay, Hindistonning Dehli shaharlarida havo keskin ifloslanishi qayd etilgan.
Mavzuga oid
10:22
Hokimlarga ekologiya masalalari bo‘yicha konsultantlar jalb qilinadi
09:44
“Yashil texnologiya”larni joriy qilish bo‘yicha ekologik reyting yuritiladi
10:14 / 09.01.2025
Ekologik zararlarni majburiy sug‘urtalash tizimi joriy etiladi
20:29 / 08.01.2025