O‘zbekiston | 10:08 / 25.10.2022
6729
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston Rossiyaga qariyb 2 ming tonna limon yetkazib berdi
O‘zbekiston 2022 yilning yanvar-sentabr oylarida 7 ta xorijiy davlatlarga qiymati 3,2 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 2,9 ming tonna limon eksport qilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, limon eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 228 tonnaga kamaygan.
2022 yilning 9 oyida O‘zbekiston eng ko‘p limon eksport qilgan davlatlar:
- Rossiya – 1,9 ming tonna;
- Qozog‘iston – 677 tonna;
- Qirg‘iziston – 332 tonna.
Xorijga eng ko‘p limon eksport qilgan hududlar:
- Farg‘ona viloyati – 1,2 ming tonna;
- Xorazm viloyati – 511 tonna;
- Toshkent viloyati – 411 tonna;
- Namangan viloyati – 246 tonna.
Mavzuga oid
11:08 / 10.12.2024
2015 yildan beri Suriyada 540 nafardan ortiq Rossiya harbiysi halok bo‘ldi
21:19 / 09.12.2024
Ukraina rasmiylari Telegram ilovasidan foydalanishni kamaytirdi – OAV
18:06 / 09.12.2024
«Men va Putin» - Turkiya prezidenti dunyoda faqat ikki yetakchi qolganini aytdi
16:51 / 09.12.2024