O‘zbekiston | 00:26 / 22.12.2022
8576
1 daqiqa o‘qiladi
«Yamal» aviakompaniyasi O‘zbekiston shaharlariga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ydi
Samolyotlar Sankt-Peterburgdan Namangan va Urganchga parvoz qiladi.
Rossiyaning «Yamal» aviakompaniyasi qishki parvozlar dasturi doirasida Sankt-Peterburgdan Namangan va Urganch shaharlariga muntazam reyslarni ochdi. Samolyotlar har hafta parvoz qiladi.
Jumladan, Namangandan Sankt-Peterburgga parvoz shanba kunlari mahalliy vaqt bilan soat 19:55 da, qarama-qarshi yo‘nalishda soat 22:50 da amalga oshiriladi.
Urganchdan parvoz payshanba kunlari soat 12:35 da, Urganchga uchish soat 14:00 da belgilangan. Parvozlar Airbus A321 samolyotlarida amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
13:50 / 26.09.2024
Turizm qo‘mitasiga qo‘shimcha vazifalar yuklatildi
13:30 / 26.09.2024
O‘zbekistonning tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmi brendi ishlab chiqiladi
20:50 / 17.09.2024
Rossiyalik bloger O‘zbekiston poyezdidagi sayohatni «haqiqiy sinov» deb ta’rifladi
19:53 / 16.09.2024