2023 yildagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi
Yangi yil kunlaridagi dam olish 3-4 kun davom etadi: 31 dekabr – haftasiga 6 kun ishlovchilar uchun qo‘shimcha dam olish kuni; 1 yanvar – yakshanba; 2 yanvar – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni; 3 yanvar – haftasiga olti kun ishlovchilar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, haftasiga 5 kun ishlovchilar uchun esa 7 yanvar (shanba)dan ko‘chirilgan dam olish kuni.
2023 yildagi qo‘shimcha dam olish kunlarini belgilash bo‘yicha Prezident farmoni e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, kelasi yili ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi:
- 2 yanvar – dushanba;
- 30 iyun – juma.
Olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kunlari:
- 3 yanvar – seshanba;
- 20 mart – dushanba;
- 22 mart – chorshanba;
- 24 aprel – dushanba;
- 1 iyul – shanba;
- 2 sentabr – shanba;
- 30 dekabr – shanba.
Besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda ko‘chiriladi:
- 7 yanvar – shanba kunidan 3 yanvar – seshanba kuniga;
- 11 mart – shanba kunidan 20 mart – dushanba kuniga;
- 25 mart – shanba kunidan 22 mart – chorshanba kuniga;
- 29 aprel – shanba kunidan 24 aprel – dushanba kuniga.
Mavzuga oid
18:43
Yangi yilda o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?
21:34 / 31.08.2024
Yaponiya o‘zining mehnatkash xalqini haftasiga to‘rt kunlik ish rejimiga o‘tkazmoqchi
18:33 / 11.04.2024
Haftada 2 kun dam: Bu qayerdan kelib chiqqan va nega muhim?
14:49 / 13.12.2023