Jahon | 12:34 / 17.04.2023
5539
2 daqiqa o‘qiladi

Ukraina: «Baxmut va Marinka - jangovar harakatlar markazida»

Katta yo‘qotishlarga qaramay, ruslar asosiy sa’y-harakatlarini Liman, Baxmut, Avdiyivka va Marinka yo‘nalishlaridagi hujum operatsiyalariga jamlamoqda, Baxmut va Marinka esa harbiy harakatlar markazida qolmoqda, deya ta’kidlaydi Ukraina Bosh shtabi. 

Baxmut

«Sutka davomida askarlarimiz frontning ko‘rsatilgan hududlarida dushmanning 60 dan ortiq hujumini qaytardi», — deyiladi xabarda. 

O‘z navbatida, Ukraina aviatsiyasi bir kunda Rossiya harbiylarining shaxsiy tarkibi va zenit-raketa tizimiga 5 ta zarba berdi, dushmanning 4 ta uchuvchisiz samolyoti urib tushirildi (2 tasi «Orlan-10» tipidagi, 1 ta «Eleron» razvedka droni hamda 1 ta «Lanset» kamikadze droni).

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi Twitter'da e’lon qilgan xulosada aytilishicha, o‘tgan haftada Rossiya Donetsk viloyatidagi Marinka atrofida bronetank (tanklar va o‘ziyurar artilleriya) hujumlarini kuchaytirgan. 

Donetskdan 20 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan shahar uchun janglar 2014 yildan beri davom etmoqda va u artilleriya o‘qlaridan «to‘liq» vayron qilingan, deb yozadi razvedka. 

Shu bilan birga, Marinka, ta’kidlanganidek, Donetskka yaqinlashish yo‘nalishlari hamda N15 asosiy yo‘li ustidan nazoratni ta’minlaydi.

Mavzuga oid