O‘zbekiston | 14:37 / 27.04.2023
6777
2 daqiqa o‘qiladi

Xususiy maktablar milliy reytingda ishtirok etishga taklif etildi

2023 yildan boshlab nodavlat ta’lim tashkilotlari ham baholash reytingida ishtirok etishlari mumkin. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lum qildi.

Foto: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Vazirlikka ko‘ra, joriy yilda maktablarning milliy reytingini tuzishga yangilik kiritish maqsadida nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatini ham baholash nazarda tutilmoqda.

Milliy reytingda ishtirok etish istovchi nodavlat ta’lim tashkilotlari ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda bir necha yildan buyon tuman (shahar)lar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kesimida umumta’lim muassasalarining reytingi tuzib kelinmoqda.

Reytingda quyidagilar inobatga olinadi:

  • o‘quvchilarning fan bo‘yicha egallagan bilimlari;
  • o‘quvchilarning hayotga tayyorgarlik darajasi (bilim darajasi, oliygohlarga kirish ko‘rsatkichi, xorijiy tilni bilish darajasi);
  • pedagoglarning sifat tarkibi va salohiyati (oliy va birinchi toifaga ega pedagoglar ulushi);
  • maktablardagi ma’naviy-ma’rifiy va o‘quv-tarbiyaviy muhit;
  • mahalliy hokimliklarning maktablar rivoji uchun qo‘shgan hissasi.

Bunda, qur’a tashlash yo‘li bilan tanlab olingan 10 foiz maktablardagi 9-sinf o‘quvchilarining bilimlari baholanadi, o‘qituvchilar o‘rtasida xalqaro TALIS baholash dasturi metodikasi asosida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkaziladi.

Mavzuga oid