Toshkentda lift tezlashib ketishi oqibatida 11 kishi jarohat oldi
Hozirda shifoxonadan 8 nafar fuqarolarga uyiga javob berilgan, qolgan 3 nafar fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Toshkent shahrining Yangihayot tumanida yuk tashish uchun mo‘ljallangan lift tezlashib ketib, so‘ng avtomatik tormoz tizimi ishga tushgan.
Kecha, 18 iyun 16:15 larda Toshkent shahar Yangihayot tumani “Yangi Darxon” MFY, Navro‘z ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning yuk tashish uchun mo‘ljallangan lifti yuqoridan pastga tushayotgan vaqtida texnik nosozlik tufayli tezlashib ketgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, 1-qavatga yaqinlashganda liftning avtomatik tormoz tizimi ishga tushib to‘xtagan.
Oqibatda liftda bo‘lgan 11 nafar fuqarolar turli darajada yengil tan jarohati olib, RShTYoIMga olib ketilgan.
Hozirda shifoxonadan 8 nafar fuqarolarga uyiga javob berilgan, qolgan 3 nafar fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Voqea joyiga FVV, shahar va tuman FVB rahbariyati, IIB, prokuratura hamda SSB xodimlari chiqishgan.
Mavzuga oid
19:52 / 26.12.2024
“Avtobuslar uchun 100 ta kamera”: ular Toshkentda jamoat transportiga ajratilgan alohida yo‘lakdagi qoidabuzarliklarni qayd etadi
14:55 / 26.12.2024
Toshkentning 2045 yilgacha bo‘lgan bosh rejasi tasdiqlandi
16:35 / 23.12.2024
1 yanvarga o‘tar kechasi Toshkent metropoliteni ish jadvali 2 soatga uzaytiriladi
18:02 / 21.12.2024