O‘zbekiston | 08:59 / 30.06.2023
14937
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Turonbankning yoshlar loyihasi 400 nafar talabani qamrab oldi

Har yili oliy ta’limni minglab talabalar tamomlashadi. Yaxshiroq ish izlash, u yerda adaptatsiya vaqtini o‘tkazish, sohaviy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga yo‘q deganda yana 1 yil kerak bo‘ladi. Xo‘sh, ularni ta’lim davrining o‘zidayoq amaliyotchi qilish mumkinmi? Ha mumkin. Turonbankning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha unikal loyihalari buning yaqqol tasdig‘idir. Kecha kelgan talaba – bugun katta bir ofisning rahbari.

Moliya va iqtisodiyot yo‘nalishidagi ikkinchi hamda uchinchi bosqich talabalarini maxsus test sinovlari asosida ishga jalb etish amaliyoti 2018 yildan boshlangan edi:

“Bu loyihani yo‘lga qo‘yganimizda respublikamizda faoliyat yuritayotgan 26 ta moliya-iqtisod yo‘nalishidagi OTMga yuqori ko‘rsatkichlar bilan o‘qishga qabul qilingan talabalar ro‘yxatini olib, matematika, ingliz tili va mantiq fanlaridan sinovdan o‘tkazib ishga qabul qilishni boshlagandik. Bugungi kunda shunday iqtidorli talabalar soni 400ga yetdi. Shunday yoshlardan 100 nafari bugun bankda turli darajadagi rahbar lavozimlarda faoliyat yuritishyapti”, - dedi “Turonbank” ATB Boshqaruv raisi o‘rinbosari Shahlo Ibragimova.

Turonbank tomonidan yosh bankirlarga berilgan bu imkoniyat natijasida ularning orasidan rahbarlarni tayyorlash, “sotsial lift” tizimini qo‘llashga erishilgan. Ya’ni ayni vaqtda bankda mehnat qilayotgan 525 nafar yoshlarning salkam 100 nafari Boshqaruv raisi o‘rinbosaridan, departament direktori, boshqarma va bo‘lim boshlig‘i lavozimlariga qadar ko‘tarilgan.

Mana masalan endigina 25 yoshni qarshilagan Faxriddin Mahmudov yuqoridagi fikrimizning yaqqol tasdig‘idir. “Yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlarni eshitib men ham 2020 yili “Turonbank” ATBga o‘z ma’lumotlarimni taqdim etdim. Sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tganimdan so‘ng esa hech qanday ortiqcha muammolarsiz ishga qabul qilindim deydi, qahramonimiz.” 2 yil davomida moliya muassasasining turli bo‘linmalarida yurist sifatida ishlagan Faxriddinga 2023 yil omadli keldi va u bank boshqaruvining ishonchi bilan “Turonbank” ATB Yuridik departament direktori lavozimiga tayinlandi.

Yoshlar masalasi bo‘yicha bank strategiyasining eng muhim yana bir yo‘nalishi bu – salohiyatli kadrlar zaxirasini yaratishdir. Ayni shu maqsadda tijorat banklari orasida birinchilardan bo‘lib “Turonbank stipendiyasi” loyihasiga qo‘l urilgan. Ahamiyatlisi buning ortidan 100 nafar talaba uchun stipendiya joriy etilib, ishga qabul qilinishlari kafolatlangan.

Hayotxon Muhammadjonova diplomatiya universitetiga o‘z kuchi bilan kirib bugun “Turonbank stipendiyasi”ga ega bo‘lgan va oilasiga hech qanday yuki tushmay hozirning o‘zidayoq bankda amaliyotni boshlab yuborgan.

“2022-2023 o‘quv yilida universitetga yuqori ball bilan kirgan talabalar safida testdan o‘tdim. Turonbank stipendianti bo‘lib qabul qilindim. Bu loyihaga ko‘ra, menga 4 yillik shartnoma puli to‘lab beriladi. Bundan tashqari har oyda bizga stipendiya ham ajratiladi. Men “5”lik stipendiya olaman. Vaqtimni ishlashga emas, o‘qishga va ilm olishga qarataman. Ko‘p joyda talabalarni, ayniqsa 1-kursda tahsil olayotganlarni amaliyotga qabul qilishmaydi. Ammo bankda bizga hammasini o‘rgatib tayyorlab kelishmoqda”.

Malakali kadrlar tayyorlash tizimini kompleks rivojlantirishga qaratilgan bu kabi loyihalarning muvaffaqiyatli amalga oshishi uchun “Turonbank” ATB oliygohlarda maxsus o‘quv eksperimental baza sifatida “Smart o‘quv xonalar”ni ham yo‘lga qo‘ygan. U orqali bankning yetuk mutaxassislari moliya va iqtisodiyot yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun ochiq darslar tashkil etib, amaliyotdagi ish uslublari bilan ularni yaqindan tanishtirishmoqda. Bu nazariya va amaliyotning ijobiy uyg‘unlashishiga katta hissa qo‘shyapti desak mubolag‘a bo‘lmaydi.  

Yana bir amaliyatli jihati, bank yoshlari orasida sportni yanada ommalashtirish maqsadida xalqaro grossmeyster, 44 – shaxmat olimpiadasi g‘olibi va “O‘zbekiston iftixori” medali sohibi Jahongir Vohidov bilan o‘zaro hamkorlik ham yo‘lga qo‘yilganidir. Taniqli sportchi Turonbankning brend – elchisi ya’ni ambassadori sifatida faoliyat boshlagan.

Turonbankning talabalarni ishga qabul qilish loyihasi shunchaki dastur emas; bu yosh shaxslar uchun hayotni o‘zgartiruvchi imkoniyatdir. Bu ularga o‘z kelajagini shakllantirish, amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish va bank olamiga munosib hissa qo‘shish imkonini beradi.

Turonbank: bank mutaxassislarining yangi avlodini yaratmoqda!

 Reklama

Mavzuga oid