Jamiyat | 15:39 / 08.07.2023
26300
3 daqiqa o‘qiladi

Ish unumdorligini oshirishning 6 qoidasi

Vaqtingizni boshqarishni, samarali ishlashni va to‘g‘ri dam olishni o‘rganmas ekansiz, kunlar, haftalar, oylar, balki yillaringizni ham behuda o‘tkazib yuborishingiz hech gap emas. Shu bois ish unumdorligini oshirishinng eng oddiy yo‘li to‘g‘ri va yetarli dam olishdir. Bu borada bir nechta sodda tavsiyalar sizga asqatib qolishi mumkin.

Foto: Shutterstock

"Axborot parhezi"ga o‘ting

Foto: Shutterstock

Axborotning katta oqimlari asab tizimini zararlaydi va dam olishni qiyinlashtiradi. Yangilik saytlari, kanallari va ijtimoiy tarmoqlar doimiy ravishda bizning e’tiborimiz uchun kurashadi, ko‘pincha bir xil mavzularni yoritishadi. Shuning uchun, ularga ko‘p vaqt ajratish shart emas. Birgina ishonchli, muhim axborot vositasini kuzatishning o‘zi yetarli.

Tez-tez tanaffuslar qiling

Agar siz juda ko‘p vazifalar talab qiladigan qiyin sohada ishlasangiz, o‘zingizga kamida yarim soat ajrating. Stulingizdan turing va jismoniy faoliyat bilan shug‘ullaning. Turli yengil mashqlar, cho‘zilish gimnastikalarining o‘zi ham kishidagi charchoq va diqqat yetishmasligini bartaraf qila oladi.

Tez-tez ko‘chaga chiqing

Ayniqsa, ish vaqtida. Binodagi eskirgan havo samaradorlikni pasaytiradi, bosh og‘rig‘iga va stressga olib keladi. Olimlar hatto “kasal bino sindromi” atamasini ham ko‘p ishlatishadi, bu holat bino havosini almashtirmaslik, yoritish va isitish tizimlarining yomonligi tufayli og‘riqli alomatlar yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Sizning ishxonangizda barcha imkoniyatlar mavjud bo‘lsa-da, toza havo tanangizga ko‘proq yoqadi.

Dam olish soatlarini oldindan rejalashtiring

Foto: Shutterstock

Ishdan so‘ng yoki dam olish kunini qanday o‘tkazishingizni oldindan hal qiling, uni sevimli mashg‘ulotlar bilan to‘ldirishga harakat qiling. Maqsadsiz yotish yanada charchoqqa olib keladi. Uning o‘rniga qiziqarli dam olish kunlari bilan siz samaraliroq ishlaysiz.

Dam olish kunida ish haqida o‘ylamang

Dam olish kunida ishga “tegmaslikka”, bu haqda umuman o‘ylamaslikka o‘zingizga va’da bering. Muhim uchrashuv yoki tugallanmagan ish bo‘lsa ham. Yodingizda bo‘lsin, sizning shaxsiy hayotingiz bor, bu kunni butunlay oilangizga bag‘ishlang.

Qiyin ishlarni qismlarga ajratib bajaring

Foto: Shutterstock

Agar siz ustida ishlayotgan yoki yumush murakkab yoki og‘ir bo‘lsa, uni bir urinishda bitkazishga urinmang. Aksincha, bo‘laklarga bo‘lib, sekinlik bilan bajaring. Shundagina diqqatingizni bir joyga jamlash va ish samaradorligini oshirish yengil bo‘ladi.

Maxsuma Oqqo‘ziyeva tayyorladi.

Mavzuga oid