Jahon | 23:26 / 25.07.2023
10429
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Ukrainaga 43-harbiy yordam paketini e’lon qildi 

Unga zirhli transportyorlar, raketalar, portativ havo mudofaa tizimlari va tankka qarshi ko‘chma raketa tizimlari kiradi. 

Foto: Reuters

AQSh Ukraina Qurolli kuchlariga 500 million dollarlik yangi harbiy yordam paketini taqdim etadi. Unda havo mudofaasi, texnika va tankka qarshi qurollar tizimini qo‘llab-quvvatlovchi o‘q-dorilar bo‘ladi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Entoni Blinken ma’lum qildi

«Prezident Jo Bayden bergan vakolatdan foydalanib, Ukrainaga 43-harbiy yordam paketi berilishini e’lon qilaman», dedi Davlat kotibi. 

Avvalroq Qo‘shma Shtatlarning Ukrainaga beradigan yangi harbiy yordami paketiga 32 ta Stryker zirhli transportyorlar, HIMARS raketalari, Stinger portativ havo mudofaa tizimlari va tankka qarshi Javelin ko‘chma raketa tizimlari kirishi aytilgan edi.

Bundan tashqari, paketga NATO standarti bo‘yicha 155 mm gaubitsa o‘qlari va Hydra-70 aviatsiya raketalari ham kiradi. Shuningdek, AQSh Ukraina armiyasini 28 million dona patron bilan ham ta’minlaydi. 

Mavzuga oid