O‘zbekiston | 20:30 / 11.08.2023
8078
2 daqiqa o‘qiladi

Pensiya jamg‘armasi xalqaro tashkilotga a’zo bo‘ldi 

Xalqaro ijtimoiy ta’minot assotsiatsiyasi O‘zbekiston Pensiya jamg‘armasining tashkilotga a’zo bo‘lish uchun bergan arizasini tasdiqladi. 

Xalqaro ijtimoiy ta’minot assotsiatsiyasi Bosh Assambleyasi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tashkilotga a’zo bo‘lish uchun bergan arizasini tasdiqladi. 

1927 yil tashkil etilgan Xalqaro ijtimoiy ta’minot assotsiatsiyasi aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida yagona siyosatni amalga oshirish bo‘yicha yetakchi tashkilotdir. U o‘z safida 160 mamlakatdan 320 ga yaqin milliy ijtimoiy ta’minot institutlarini birlashtiradi. Ijtimoiy sohada qator xalqaro tashkilotlar, birinchi navbatda, Xalqaro mehnat tashkiloti, BMT Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va sohaga oid boshqa muassasalar bilan yaqindan hamkorlik qiladi. 

Qayd qilinishicha, assotsiatsiyaga a’zolikning ijobiy tomonlari: ijtimoiy ta’minotni boshqarishda tan olingan standartlarga kirish va xalqaro ijtimoiy ta’minot assotsiatsiyasiga a’zo mamlakatlar hududida migrantlarning ijtimoiy himoya ta’minoti sohasidagi huquqlari kafolatini ta’minlash. 

Shuningdek, Xalqaro ijtimoiy ta’minot assotsiatsiyasining ijtimoiy sohada mukammallik sertifikatini olish uchun xalqaro ko‘rsatma va yaxshi amaliyot yechimlarini o‘rganish tashkilotning asosiy qadriyatlariga kiritilgan. 

Mavzuga oid