O‘zbekiston | 13:38 / 22.08.2023
74819
2 daqiqa o‘qiladi

Super-kontraktda o‘qimoqchi bo‘lgan abituriyentlar uchun qoidalar eslatildi

Tabaqalashtirilgan kontrakt to‘lovi abituriyentga qancha ball yetmay qolganiga bog‘liq.

Foto: Reuters

Test sinovlarida asosiy tanlovdan o‘ta olmagan abituriyentlar super-kontrakt (tabaqalashtirilgan kontrakt to‘lovi) bilan o‘qishga qabul qilinishi mumkin.

Qonunchilikka ko‘ra, tabaqalashtirilgan kontrakt to‘lovi talaba to‘plagan ballning kirish balliga nisbatan miqdoriga bog‘liq.

Jumladan:

- 1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;

- 1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmaganlar – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2 barobari;

- 2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmaganlar – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,5 barobari;

- 3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmaganlar – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 3 barobarini to‘laydi.

4,05 balldan ko‘proq yetmay qolgan, lekin 56,7 balldan kam to‘plamagan abituriyentlar bazaviy kontrakt miqdorining ma’lum baravarini to‘lash orqali talaba bo‘lishlari mumkin. Bu miqdor yo‘nalishlarga qarab farqlanadi.

2022 yilda super-kontrakt narxlari stipendiyasiz shartnoma puli miqdori asosida hisoblangan.

Qayd qilish joiz, yangi o‘quv yili uchun kontrakt miqdorlari tasdiqlanmadi. Kontrakt miqdori tasdiqlangach, super-kontrakt pullari ham tasdiqlanadi. So‘ngra abituriyent o‘zi o‘qimoqchi bo‘lgan oliy ta’lim muassasasiga super-kontrakt bo‘yicha murojaat qilishi mumkin.

Mavzuga oid