Putinning Qozog‘istonga tashrifi: tomonlar nimalar haqida kelishib oldi
Qozog‘iston va Rossiya rahbarlari qo‘shma harakatlar rejasi, issiqlik elektr stansiyalarini qurish, sport sohasidagi hamkorlik va boshqa hujjatlarni imzoladi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 9 noyabr kuni rasmiy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ldi.
Qozog‘iston va Rossiya rahbarlari cheklangan va kengaytirilgan tarkibda uchrashuvlar o‘tkazib, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni, shuningdek, ikki davlatning xalqaro maydondagi o‘zaro hamkorligini atroflicha muhokama qildilar.
Tashrif yakunida Qosim-Jo‘mart To‘qayev va Vladimir Putin quyidagi hujjatlarni imzoladilar:
1. Qozog‘iston va Rossiya o‘rtasida XXI asrda yaxshi qo‘shnichilik va ittifoqchilik to‘g‘risidagi shartnoma imzolanganining o‘n yilligi munosabati bilan qo‘shma bayonot;
2. Qozog‘iston va Rossiyaning 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma harakatlar rejasi;
3. Qozog‘iston Energetika vazirligi va Rossiya Energetika vazirligi o‘rtasida Kokshetau issiqlik elektr stansiyasi, Semey issiqlik elektr stansiyasi va Ust-Kamenogorsk issiqlik elektr stansiyasini qurish loyihalari bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi;
4. 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan Qozog‘iston va Rossiya o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi;
5. Qozog‘iston Moliya vazirligining Davlat daromadlari qo‘mitasi va Rossiya Federal bojxona xizmati o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha 2024-2025 yillar uchun qo‘shma chora-tadbirlar rejasi;
6. Qozog‘iston Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish qo‘mitasi va Rossiya Mehnat va bandlik federal xizmati o‘rtasida mehnat inspeksiyasi masalalari bo‘yicha o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi;
7. Qozog‘iston prezidenti administratsiyasining «Qozog‘iston Respublikasi prezidentining teleradiokompleksi» va «Informatsionnoye telegrafnoye agenstvo Rossii» (ITAR-TASS) o‘rtasida axborot hamkorligi to‘g‘risidagi bitim.
Mavzuga oid
22:34 / 24.12.2024
Rossiya–Ukraina urushi tugaydimi? Putin nimani xohlaydi?
07:50 / 24.12.2024
Anapa aholisi mazut to‘kilishi sababli Putinga murojaat bilan chiqdi
14:14 / 23.12.2024
Kremlda Putin va Slovakiya bosh vaziri o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
10:43 / 23.12.2024