O‘zbekiston | 15:33 / 06.12.2023
43103
4 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Abbosxon Xo‘jayev qo‘lga olindi. U avval ham «kriminal avtoritet» sifatida qamalgandi

Toshkentdagi reydlar davomida yana bir guruh shaxslar ushlandi. Ular giyohvandlik moddalari savdosi, bezorilik va tovlamachilik jinoyatlarini sodir etishda gumonlanmoqda.

Toshkent shahar IIBB tomonidan «Dolzarb qirq kunlik» doirasida o‘tkazilayotgan tergov-tezkor harakatlar davomida yana bir qancha shaxslar jinoyat sodir etishda gumonlanib ushlandi. Bular:

1991 y.t. Ahror Ravshan o‘g‘li Abdullayev (JK 273-moddasi 5-qismi, juda ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalarini o‘tkazish); 

1984 y.t. Saidahmadxon Saidalimovich Mahmudxo‘jayev (JK 276-moddasi 2-qismi, ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalarini saqlash);

1993 y.t. Sunnatilla Choriyevich Xolmurodov (JK 104-moddasi, og‘ir tan jarohati yetkazish).

Ushbu shaxslarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. 

Shuningdek, 1982 yilda tug‘ilgan Abbosxon Ahmadovich Xo‘jayev (JK 165-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan tovlamachilik) va boshqalar jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchi sifatida jalb etilib, protsessual tartibda ushlangan. Abbosxon Xo‘jayev 2017 yil sentabrida «jinoiy guruh tashkil etgani va avtoritet maqomini qo‘lga kiritish uchun harakatlarni amalga oshirgani» uchun qo‘lga olingan, 2018 yil iyunida ikki yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgandi.

Bundan tashqari quyidagilar ham protsessual tartibda ushlandi:

1987 y.t. Azlarxon Botirovich Muhamedjanov (JK 165-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan tovlamachilik);

1984 y.t. Umid Kamanjanovich Rustamov (JK 273-moddasi 5-qismi, juda ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalarini o‘tkazish).

Tergov davom etmoqda.

«Hurmatli fuqarolar agar siz ushbu shaxsdan yoki guruh a’zolaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz yoki ushbu shaxslarning jinoiy xatti-harakatlari bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lsangiz, Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99-370-73-94 telegram raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi», deyiladi xabarda.

Poytaxtda giyohvandlik moddalari noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish ishlari davom etmoqda

Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan «Dolzarb qirq kunlik» tezkor-profilaktik tadbirlar davomida poytaxt IIBB va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi bilan shug‘ullanuvchi bir qator shaxslar aniqlandi.

Jumladan, Sergeli tumanida istiqomat qiluvchi 1968 yilda tug‘ilgan Husnitdin Mirzakarimovich Saidmetovning uyida xolislar ishtirokida o‘tkazilgan tintuv jarayonida 500 gramm «marixuana» giyohvandlik vositasi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Shuningdek, Uchtepa tumanida istiqomat qiluvchi 1970 yilda tug‘ilgan Ilyos Ikromovich Axunovning uyida xolislar ishtirokida o‘tkazilgan tintuv jarayonida 1 gramm «gashish», 1 gramm «marixuana», 1 gramm «ko‘knor boshog‘i» giyohvandlik vositalari, bir dona elektron tarozi va ikki dona giyohvandlik vositalarini iste’mol qilish uchun mo‘ljallangan yelim idishlar aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi 1980 yilda tug‘ilgan Azizxon Kamalovich Avliaxanovning uyida xolislar ishtirokida o‘tkazilgan tintuv jarayonida 0,05 gramm «geroin» giyohvandlik vositasi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Bundan tashqari, Yangihayot tumanida 2002 yilda tug‘ilgan Bekzod Baxtiyor o‘g‘li Jo‘rayev  boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli, davlat raqam belgisi 01 N 396 GC bo‘lgan to‘xtatilib, xolislar ishtirokida o‘tkazilgan 0,05 gramm «gashish» giyohvandlik vositasi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.  

Mavzuga oid