Putin prezidentlik saylovida nomzodini qo‘yishini rasman e’lon qildi
U bunga donbasslik komandir Joganing iltimosidan keyin «rozi» bo‘ldi. Bu – uning navbatdagi, beshinchi prezidentlik muddatiga o‘z nomzodini qo‘yishidir.
Rossiyaning amaldagi prezidenti Vladimir Putin yangi, beshinchi prezidentlik muddatiga o‘z nomzodini qo‘yishini ma’lum qildi.
U o‘z qarorini Kremlda Rossiya harbiylarini taqdirlash marosimidan keyin, Ukrainadagi urush qatnashchisi, o‘zini o‘zi e’lon qilgan DXR «parlamenti» spikeri Artyom Joga bilan bo‘lgan suhbatda e’lon qildi.
Rossiyada prezident saylovi 2024 yil 15-17 mart kunlari bo‘lib o‘tadi.
Vladimir Putin bundan oldin 4 marta prezidentlik saylovida nomzodini qo‘ygan va barchasida g‘alaba qozongan. U 2000 yildan beri Rossiyaga rahbarlik qilmoqda.
Uning amaldagi prezidentlik vakolati 2024 yil 7 may kuni nihoyasiga yetadi.
Mavzuga oid
22:47
Putin yana “tarixiy hududlar” haqida gapirdi. U qayerlarni aytyapti?
15:59
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon samolyoti halokati yuzasidan hamdardlik bildirdi
22:34 / 24.12.2024
Rossiya–Ukraina urushi tugaydimi? Putin nimani xohlaydi?
07:50 / 24.12.2024