Erondagi teraktda jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q
103 kishi halok bo‘lgan portlashlarda o‘zbekistonliklar yo‘qligi ma’lum qilindi.
Eronning Kirmon shahrida yuz bergan kuchli portlash oqibatida 103 kishi halok bo‘lib, 200 nafardan ortig‘i jarohatlangan edi. TIV matbuot kotibi Ahror Burhonov bergan ma’lumotga ko‘ra, ular orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q.
3 yanvar kuni Eron islom inqilobi muhofizlari korpusi generali Qosim Sulaymoniy dafn etilgan qabriston hududida motam marosimi o‘tkazilayotganida portlashlar ro‘y berdi. Tasnim agentligi o‘z manbasiga tayanib xabar berishicha, bombalar qabristonga kirish joyiga o‘rnatilgan.
Eron tashqi siyosatining bosh mafkurachisi bo‘lgan Qosim Sulaymoniy 2020 yil 3 yanvar kuni Iroq poytaxti Bag‘dod shahridagi xalqaro aeroport hududida o‘ldirilgan edi. U Erondagi eng nufuzli shaxslardan sanalgan va Islom inqilobi muhofizlari korpusining mamlakatdan tashqarida amaliyotlar o‘tkazish bilan shug‘ullangan elita bo‘linmasi «Al-Quds»ga rahbarlik qilgan.
Shuningdek, Sulaymoniy Eronning Yaqin Sharqqa ta’sirini yoyishda muhim rol o‘ynagan va Tehronning ushbu mintaqadagi asosiy raqiblari bo‘lgan, AQSh, Saudiya Arabistoni va Isroil uni tiyishga urinib kelgan.
Mavzuga oid
14:15 / 06.11.2024
Eron: Agar Isroil sulhga rozi bo‘lsa, Tehronning javobi o‘zgarishi mumkin
19:40 / 05.11.2024
Eron ikkita sun’iy yo‘ldoshini orbitaga chiqardi
08:50 / 05.11.2024
WSJ: Eron armiya ishtirokida Isroilga «kuchli» hujum tayyorlamoqda
21:37 / 31.10.2024