O‘zbekiston | 12:10 / 27.01.2024
3910
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda «Tabarruk ziyorat» turizm platformasi ishga tushirildi

Foto: O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi

O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi tomonidan «Tabarruk ziyorat» sayyohlik platformasi ishga tushirildi.

Uzbektourism.uz portali ma’lumotiga ko‘ra, mazkur platformaga O‘zbekiston hududidagi 100 ga yaqin ziyoratgoh hamda qadamjolar haqidagi ma’lumotlar 7 ta tilga tarjima qilinib joylashtirib boriladi.

2023 yil 25-29 noyabr kunlari Buxoroda «Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi» tashkil etildi. Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo hamda kuzatuvchi mamlakatlardan tashrif buyurgan tadbir ishtirokchilari Buxoro shahrining qadimiy maskanlari – tarixiy obidalari bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, «O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi markazi» ilmiy-amaliy konferensiyasi va «Buxoro viloyati turizm imkoniyatlarini rivojlantirish» bo‘yicha xalqaro ilmiy anjumani o‘tkazildi.

2023 yilda O‘zbekistonga 1,415 million nafar ziyoratchi tashrif buyurgan. Jumladan:

- Tojikistondan 428 ming;
- Qirg‘izistondan 335 ming;
- Qozog‘istondan 283 ming;
- Rossiyadan 98 ming;
- Turkiyadan 45 ming 600;
- Hindistondan 11 ming 050;
- Xitoydan 8 ming 250;
- Isroildan 6 ming 400;
- Ozarboyjon va Malayziyadan 3 ming 500;
- Indoneziyadan 3 ming 290;
- Yaponiyadan 3 ming 280 nafar ziyoratchilar kelgan.

Mavzuga oid