Jahon | 09:56 / 30.01.2024
13368
1 daqiqa o‘qiladi

Olmaota-Toshkent-Termiz xalqaro yo‘li vaqtincha yopildi

Bunga Qozog‘istonda noqulay ob-havo hukm surayotgani sabab bo‘lgan.

Foto: vlast.kz

Olmaota-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Qozog‘istondan o‘tgan qismida transport vositalari harakati yopilgan. Bu haqda Zakon.kz xabar bermoqda.

“KazAvtoJol” ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil 30 yanvar soat 22:40 dan ob-havo sharoitining yomonlashishi tufayli A-2 Olmaota-Toshkent-Termiz avtomobil yo‘lining (M-39 xalqaro avtomobil yo‘li Qozog‘istonda shunday nomlanadi) 59-kilometridan (Janaqurlis qishlog‘i) 143-kilometrigacha (Jambil viloyati chegarasi)da bo‘lgan qismi yuk va jamoat transporti harakati cheklangan.

Ma’lumot uchun, Qozog‘isonda qish mavsumida noqulay ob-havo tufayli yirik xalqaro magistral yo‘llarda transport vositalari harakati tez-tez cheklanadi.

Mavzuga oid