Qozog‘istonda gaz portlab ikki qavatli uy qulab tushdi
Oqibatda ko‘p xonadonli uyda yashovchilardan ikki nafari halok bo‘lgan. Besh kishi jiddiy jarohatlangan.
Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatida ikki qavatli turar joy binosida gaz portlagan. Zakon.kz nashrining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 30 yanvar kuni soat 00:07 da sodir bo‘lgan.
Hodisada Buxor-Jirau tumani, Bo‘takara shaharchasida joylashgan 12 xonadonli uyning ikkinchi qavati qulab, birinchi qavatni bosib qolgan. Oqibatda yettita xonadonga zarar yetgan.
Portlashdan so‘ng darhol vayronalar ostidan yetti kishi qutqarib olingan va ulardan besh nafari kasalxonaga yotqizilgan. Ulardan birining ahvoli og‘irligi aytilmoqda.
Vayronalar ostida qolgan ikki kishi halok bo‘lgan. Qolganlarga psixologik yordam ko‘rsatilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, ikki qavatli ko‘p xonadonli uyda jami 46 kishi yashagan. Portlash vaqtida uning ichida 35 kishi bo‘lgan.
Mavzuga oid
23:26 / 06.11.2024
Boshqirdistonda ko‘mir ortilgan 22 ta vagon relsdan chiqib ketdi
17:04 / 22.10.2024
Qo‘shrabotda ikki qavatli uy portladi. Bir oilaning 4 a’zosi halok bo‘lgan
12:00 / 12.10.2024
Sergelidagi portlash: 4 nafar ayblanuvchining har biri 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
18:11 / 07.10.2024