O‘zbekiston | 14:26 / 13.02.2024
16283
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent jahondagi havosi eng iflos shaharlar ro‘yxatida 3-o‘ringa chiqdi  

Poytaxt havosidagi PM-2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori soat 14:10 holatiga 162 mkg/m3ni tashkil etgan. Bu “o‘ta zararli” hisoblanadi va JSST tavsiyalaridan 32,4 marta ko‘proq.

Foto: Kun.uz

IQAir veb-saytida 13 fevral kuni soat 14:10da Toshkent shahri havoning ifloslanishi bo‘yicha dunyoda 3-o‘rinni egalladi.

Havodagi PM-2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori 162 mkg/m3ni tashkil etgan. Bu JSST tavsiyalaridan 32,4 marta ko‘proq.

Ro‘yxatda Pokistonning Loxor viloyati birinchi, Hindistonning Dehli shahri ikkinchi o‘rinda qayd etilgan.

«O‘zgidromet»ga ko‘ra, 13 fevral soat 9:00-10:00da Toshkent shahrining atmosfera havosidagi PM-2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori Yunusobod tumani “Bodomzor” yo‘lida 56 mkg/m3ni, Chilonzor tumani Xalqlar do‘stligi maydonida 56 mkg/m3ni tashkil etgan. Qayd etilishicha, ushbu hududlarda havodagi chang miqdori AQI – RM 2,5 ko‘rsatkichi bo‘yicha havoning “nosog‘lom”darajadagi ifloslanish toifasiga kiradi.

11 fevral soat 22:00 holatida Toshkent havoning iflosligi bo‘yicha dunyoda 6-o‘ringa chiqqandi. O‘shanda havoning iflosligi 189 deya baholangan. Bu ko‘rsatkich ba’zi hududlarda hatto 200 dan ham oshgan.

Mavzuga oid