O‘zbekiston | 12:47 / 02.03.2024
5089
2 daqiqa o‘qiladi

Tuproq unumdorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi yerlari unumdorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Prezident qarori bilan 2024-2025 yillarda tajriba tariqasida paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni, shu jumladan tuproqning gumus miqdorini oshirish bo‘yicha agrotexnik tadbirlar uchun yerdan foydalanuvchilarga davlat budjeti mablag‘lari hisobidan har bir gektar maydonga 1 mln so‘mdan subsidiya ajratiladi.

Tuproq unumdorligini oshirish, mavjud yer resurslaridan samarali foydalanish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish maqsadida hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

2024-2025 yillarda paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish uchun subsidiya ajratish tajribasi o‘tkaziladigan tumanlar ro‘yxati;
paxta maydonlarida tuproqning gumus miqdori va unumdorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi.

Hujjat bilan paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish bo‘yicha agrotexnika tadbirlari uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi. U quyidagilarni nazarda tutadi:

  • subsidiya ajratish shartlari;
  • subsidiya olish xohishini bildirgan
  • yerdan foydalanuvchilarning ro‘yxatini shakllantirish tartibi;
  • ilmiy asoslangan agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi;
  • subsidiya ajratish bo‘yicha talab etiladigan hujjatlar, ularni ko‘rib chiqish hamda subsidiya ajratish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish tartibi;
  • paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish bo‘yicha agrotexnika tadbirlarini nazorat qilish tartibi.

Mavzuga oid