Surxondaryoda YPX xodimi maktab o‘quvchisini urib yubordi
O‘quvchi shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda.
Surxondaryo viloyati Denov tumanida YPX xodimi Cobalt mashinasida harakatlanayotib maktab o‘quvchisini urib yuborgan.
Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 28 fevral kuni Denov tumani Istiqbol mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R-108V avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan.
Shu kuni soat 19:05 larda viloyat IIB JXX YHXB saf bo‘linmalari YPX batalyoni mobil qurilmalaridan foydalanish guruhi haydovchi-operatori safdor A.Q. Cobalt xizmat mashinasini boshqarib kelib, piyodalar o‘tish joyiga yetmasdan yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan E.J.ni urib yuborgan.
Oqibatda 2006 yilda tug‘ilgan, 11-sinf o‘quvchisi bosh miya chayqalishi tashxisi bilan Denov tumani markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.
Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. O‘quvchining sog‘ligi yaxshi.
Mavzuga oid
14:40 / 22.08.2024
Maktabga emas, qamoqqa: Denovda 9-sinf o‘quvchisi qamoqqa olindi
11:20 / 04.06.2024
Qoraqalpog‘istonda YPX xodimini urib tan jarohati yetkazgan shaxs qamoqqa olindi
12:50 / 22.05.2024
Surxondaryoda fuqaro hovlisida ko‘p miqdorda ko‘knori o‘stirib kelayotgani aniqlandi
21:33 / 16.05.2024