AQSh qirg‘izistonliklar uchun vizalar muddatini uzaytirdi
Sayyohlik va ishbilarmonlik vizalari muddati 5 yildan 10 yilga uzaytirildi.
AQSh hukumati Qirg‘iziston fuqarolariga Amerikaga borish uchun beriladigan sayyohlik va ishbilarmonlik vizalarining amal qilish muddatini 5 yildan 10 yilgacha uzaytirdi. Bu haqda Qo‘shma Shtatlarning Qirg‘izistondagi elchixonasi xabar berdi.
Bundan tashqari, Qirg‘iziston pasporti egalari uchun B1, B2 va B1/B2 vizalarini olishga ariza berganlik uchun undiriladigan 20 dollarlik to‘lov ham bekor qilindi.
«Ushbu o‘zgarishlar qirg‘iz xalqi uchun xizmatlarni yaxshilash, mamlakatlarimiz o‘rtasida safarlarni soddalashtirish va aloqalarimizni yaxshilashga qaratilgan», dedi Qirg‘izistondagi AQSh elchisi Lesli Vigeri.
Yangi 10 yillik muddat 2024 yil 4 martdan boshlab berilgan B1, B2 va B1/B2 vizalariga nisbatan amal qiladi. Ta’kidlanishicha, yozda konsullik xizmatlari yanada rivojlantirilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
19:49 / 24.12.2024
American Airlines aviakompaniyasi AQShga barcha reyslarni to‘xtatdi
17:40 / 24.12.2024
Bayden 2025 yil uchun rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini tasdiqladi
17:05 / 24.12.2024