Hududlarda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosiga chek qo‘yildi
Buxoro va Andijon viloyatlarida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari muomalaga kiritilishining oldi olindi.
Bosh prokuratura huzuridagi departament xabariga ko‘ra, departamentning Olot tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda fuqaro X.O. noqonuniy daromad orttirish maqsadida jami 102 dona “Reduksin” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini fuqaro X.X.ga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, departamentning Andijon shahar bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.R. va boshqalar noqonuniy daromad orttirish maqsadida “Mustaqillik” MFY hududida jami 75 dona “Tropikamid” va “Pfizer” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini o‘tkazish maqsadida olib kelayotgani aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
10:31 / 22.12.2024
Bojxona postidan 9 oylik chaqalog‘ining kiyimlariga dori yashirib o‘tmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi
17:03 / 15.12.2024
Buxoroda haydovchi mast holda avtobus boshqarib, odam tashiyotganda ushlandi
15:25 / 05.12.2024
IJQKD dorilar xaridi qonuniyligi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatadi
15:29 / 03.12.2024