O‘zbekiston | 09:00 / 07.03.2024
3566
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

O‘zbekistondagi ilk diskaunterlar tarmog‘i - Havas'ga 5 yil to‘ldi

Foto: Havas

Havas do‘konlari soni bo‘yicha Markaziy Osiyodagi eng yirik savdo tarmoqlaridan biri sifatida o‘zining 5 yillik yubileyini nishonlayapti va har besh yarim kunda yangi do‘kon ochyapti.

Bundan roppa-rosa 5 yil avval Toshkentda birinchi Havas do‘koni ochilgan edi. 2019 yilda O‘zbekiston aholisining aksar qismi “diskaunter” so‘zini eshitmagan bo‘lsa ham kerak. Havas tarmog‘i kashshof sifatida ushbu formatni mijozlar orasida keng ommalashtirishga muvaffaq bo‘ldi

Havas muvaffaqiyatini statistika yaqqol ko‘rsatib turibdi. 5 yil davomida tarmoq do‘konlariga 148 000 000 dan ortiq xaridor tashrif buyurdi. Tarmoq xodimlari soni esa 2500 kishiga yetdi.

Bugungi kunda Havas Toshkent shahri va viloyatida 314 dan ortiq do‘konga ega. Ushbu ko‘rsatkichga ko‘ra, Havas haqli ravishda Markaziy Osiyodagi eng yirik savdo tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Tarmoqning barcha diskaunterlari umumiy maydoni 118 000 m² dan ortiq.

Nimaning hisobiga diskaunterlar tarmog‘i jadal rivojlanib, O‘zbekistonda riteyl yo‘nalishini o‘zgartirmoqda.

Ortiqcha hashamatsiz do‘konlar

“Ortiqcha hashamatsiz do‘konlar” — Havas tarmog‘ini aynan shunday sifatlash mumkin. Diskaunterlarning assortiment ro‘yxati 1200 gacha bo‘lgan mahsulot turini o‘z ichiga oladi. Bular eng ommabop va mijozlar orasida doimiy yuqori talabga ega bo‘lgan kundalik mahsulotlarning klassik to‘plamidir. Assortimentning katta emasligi narxlar va sifatni yaxshiroq nazorat qilish hamda tarmoq xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi.

Mahsulotlar maydoni 30 000 m² bo‘lgan yirik taqsimlash markazlari va omborxonalarda saqlanadi.

Hissiyotlar o‘rniga samaradorlik

Havas mahsulotlar narxini past darajada saqlab turishga puxta yo‘lga qo‘yilgan jarayonlar va hatto eng mayda detallarga ham alohida e’tibor qaratish orqali erishadi.

Tarmoq do‘konlarida hissiyotlar uyg‘otishga qaratilgan, ko‘proq pul sarflashga chorlaydigan yorqin peshtaxtalar o‘rniga oddiy javonlar qatori joylangan. Bunda xaridorning e’tibori tashqi bezaklarga emas, aynan mahsulotga qaratiladi.

Havas assortimentining katta qismi xususiy savdo belgisi (XSB) ostida taqdim etilgan mahsulotlardan iborat. Xususiy savdo belgisi mahsulotlarining sifati taniqli brendlar mahsulotlaridan farq qilmaydi. Shu bilan birga, xususiy savdo belgisi mahsulotlarining narxi ancha arzonroq, sababi, ularga marketing xarajatlari va boshqa ustamalar qo‘yilmaydi. Bundan tashqari, xususiy savdo belgisining mavjudligi tarmoqqa mahsulotlarni ishlab chiqarishdan javonga tushgunga qadar bo‘lgan to‘liq jarayonni nazorat qilish va narxlarni yanada ko‘proq muvofiqlashtirish imkonini beradi.

Muvaffaqiyatning yana bir siri ixcham do‘konlar va universal xodimlardir. Havas do‘konlarining maydoni asosan 800–1000 m² dan oshmaydi. Ulardagi jarayonlar bir vaqtning o‘zida ham merchendayzer, ham kassir, ham sotuvchi-konsultant vazifasini bajaruvchi kam sonli xodimlar tomonidan boshqariladi.

Kichik maydonli do‘konlar ijara xarajatlarini optimallashtirish va yangi do‘konlar ochish uchun mos binolarni tezda topish imkonini beradi.

Odamlar kundalik xaridlardan pul tejashni ma’qul ko‘radilar, Havas esa buning uchun barcha sharoitlarni yaratadi — his-tuyg‘ular emas, samaradorlikni taklif qiladi.

Havas — trendlarni belgilayotgan tarmoq

Uy yaqinida diskaunterlar ochishda birinchilardan bo‘lgan Havas O‘zbekistonda savdoning yangi tendensiyalarini o‘rnatmoqda. Havas do‘konlarining mashhurligi oshib borayotgani mahallalar va aholi turar joylarida boshqa ko‘plab ekspress-marketlarning ochilishiga turtki bo‘ldi.

Har besh yarim kunda bitta do‘kon ochish o‘rtacha sur’atida Havas jadal o‘sishda davom etmoqda.

Tashkil etilgan vaqtdan o‘tgan 5 yil davomida Havas butun Markaziy Osiyo mintaqasida yirik chakana savdo tarmog‘iga aylandi. 330 ta do‘kon mutlaqo chegara emas. Havas tarmog‘i istiqbolga intilgan holda yaqin orada O‘zbekistonning barcha hududlarida yangi diskaunterlar ochishni rejalashtirgan.

Havas muvaffaqiyatiga uning hamyonbop narxlarda sifatli mahsulotlarni taqdim etish orqali xalqqa xizmat ko‘rsatish missiyasiga sodiq qolayotgani madadkor bo‘lmoqda.

Havas — xalq xizmatida.

Axborot markazi telefon raqami: (+998) 71−205−95−95

Sayt: havasfood.uz

Facebook: fb.com/havasuz

Instagram: @havasuz

Telegram-kanal: t.me/havasuz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid