Jamiyat | 18:00 / 11.03.2024
11064
4 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yangi “Sinnabon” qandolatchilik uyi ochildi!

Foto: Cenomi Group

Cenomi Group korxonasi O‘zbekiston bozoriga dunyoning taniqli qandolatchilik brendlaridan birini olib kirdi.

“Sinnabon” bu — dolchinli bulochkalar, pishirilgan mahsulotlar va mazali ichimliklar tayyorlovchi mashhur korxona bo‘lib, u O‘zbekistonda ilk qandolatchilik uyini ochdi.

Poytaxtda ochilgan yangi “Sinnabon” qandolat uyi franshizasi Cenomi Retail kompaniyasi tomonidan boshqariladi. Saudiya Arabistonining Cenomi Retail kompaniyasi – turmush tarzi va chakana savdo sohasida yetakchi korxona bo‘lib, hozirda kompaniya Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika va MDH davlatlarida tobora yuksalib bormoqda.

“Sinnabon” – dunyodagi sevimli brendlardan biri. O‘zbekiston aholisini takrorlanmas, mazali va pishirilgan barra mahsulotlar bilan ta’minlay olganimizdan juda xursandmiz. "Cenomi” mijozlar uchun turmush tarzi, moda, ovqatlanish va o‘yin-kulgi ekotizimida eng yaxshisini taklif qiladi va biz bajarayotgan har bir ishda mijozlar uchun eng yuqori darajada xizmat ko‘rsatishdan faxrlanamiz”, -  dedi Cenomi Group korxonasining O‘zbekistondagi tijorat direktori Zaradecht Hamou.

Yangi qandolat uyida mehmonlar xushbo‘y dolchinli issiq shirinliklardan bahramand bo‘lishadi. “Sinnabon”ning mashhur dolchinli bulochkalari “Makara” dolchini bilan tayyorlanadi, ustiga qaymoqli pishloq qo‘shiladi. Ular klassik, karamelli Caramel Pecabon va shokoladli Cocobon kabi ko‘plab turlarda bo‘ladi.

Mehmonlar dolchinli bulochkalardan tashqari, Roll on the go – o‘zi bilan birga olib ketish mumkin bo‘lgan klassik bulochkaning o‘ziga xos ta’midan va Cinnabon Stix kabi noz-ne’matlardan bahramand bo‘lishlari mumkin. Jumladan, espressodan tayyorlanuvchi issiq va muzli qahvalar va aralash chillattalar ham taklif etiladi. Yangi Cinnabon noz-ne’matlarini xush ko‘ruvchilar uylariga CinnaPack olib ketishlari yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘z eshiklarigacha buyurtma berishlari mumkin.

Yangi “Cinnabon” qandolat uyi Seul Mun ko‘chasida joylashgan.

Batafsil ma’lumotni cenomigroup.com web-manzili orqali olish mumkin.

Cenomi Retail haqida

Cenomi Retail Saudiya Arabistoni Qirolligidagi yirik franchayzing chakana savdo mulkdori va Yaqin Sharqdagi bu sohada yagona ro‘yxatga olingan biznes hisoblanadi. Kompaniyaga taniqli biznesmen va developer Favaz AlHokair va aka-uka Salmon va Abdulmajidlar tomonidan hamkorlikda asos solingan. Cenomi Retail 1991 yilda o‘zining birinchi do‘konini ochganidan beri sezilarli darajada o‘sdi va hozirda 11 mamlakatdagi 100 ta savdo markazlarining 1300 dan ortiq do‘konlarda faol ishlab kelmoqda.

“Cinnabon” qandolat korxonalari 1985 yilda Amerikaning Sietl shahrida tashkil etilgan va hozirda Atlanta shahrida joylashgan bo‘lib, dolchinli bulochka pishiruvchi qandolatchilar orasida yetakchisi hisoblanadi. 2023 yil 26 mart holatiga ko‘ra, Cinnabon dunyo bo‘ylab 1850 dan ortiq do‘konga ega bo‘lib, birinchi navbatda savdo markazlari, aeroportlar, vokzallar, sayyohlik maydonlari va ko‘ngilochar markazlar kabi tirbandlik ko‘p bo‘lgan joylarda joylashgan. 

Cinnabon ijtimoiy tarmoqlarda:

Instagram: @Cinnabonuzbekistan

Facebook: Cinnabon  

Twitter: @cinnabon

Sayt: Cinnabon.com 

Reklama huquqi asosida