Xorazmda kuchli yomg‘ir tufayli 12,5 ming iste’molchi “svet”siz qoldi
Viloyatning 5 ta tumanida kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalari ham elektr ta’minotidan uzilgan.
Xorazm viloyatining ayrim hududlarida iste’molchilar elektr energiyasiz qoldi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 12:15 da yuz bergan kuchli yomg‘ir tufayli 6-10 kVʼli 41 ta elektr uzatish tarmog‘i 78 MVt quvvat bilan avariyaviy o‘chgan.
Buning oqibatida Hazorasp, Bog‘ot, Xonqa, Qo‘shko‘pir va Yangiariq tumanlari iste’molchilari qisman (12 ming 500 ta) va kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalari elektr ta’minotidan uzilgan.
“Hozirgi vaqtda noqulay ob-havo (kuchli yomg‘ir va shamol) sharoitiga qaramay, maxsus brigadalar tomonidan ushbu nosozlik bartaraf etilmoqda”, deyiladi vazirlik xabarida.
Mavzuga oid
10:50 / 28.10.2024
Xorazmda ayrim loyihalar uchun Polsha texnologiya va investitsiyalari jalb qilinadi
16:26 / 16.10.2024
Xorazmda yana reyderlik. Sholikorlar hosilini tortib olish ommaviy tus olganmi?
18:40 / 18.09.2024
Urganch davlat universiteti tomonidan o‘tkazilgan tenderda qonunbuzilishi aniqlandi
11:40 / 10.09.2024