Toshkentda kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi
Toshkent shahar IIBB xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish faktlarini aniqlash va ularga chek qo‘yish borasida ishlarni davom ettirmoqda.
Joriy yilning 12-13 fevral kunlari o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Chilonzor tumanida kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning muomalasi bilan bog‘liq holat aniqlandi.
O‘zini shubhali tutgan ikki nafar shaxs xodimlar tomonidan to‘xtatildi. Xolislar ishtirokida tekshirilgan 29 yoshli Sh.M. va 25 yoshli A.M.ning yonida, shuningdek Sh.M.ga tegishli “Spark” rusumli avtomobil salonida 53 dona “Zardeks” kapsulalari aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Suhbat davomida gumonlanuvchilar ushbu moddalarni 29 yoshli Sh.dan noqonuniy ravishda sotib olganliklarini ma’lum qilgan. Tezkor tadbir davomida xodimlar kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy sotish bilan shug‘ullangan Sh.Y.ni qo‘lga oldi. Uning yashash manzili xolislar ishtirokida tekshirilganda, 1 939 dona “Zardeks” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 273, 251-1-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid
17:07 / 24.12.2024
Xitoyning O‘zbekiston bilan savdo aylanmasi hajmi kamaydi
13:33 / 18.12.2024
O‘zbekiston savdoni osonlashtirish bo‘yicha milliy "yo‘l xaritasi"ni imzoladi
14:40 / 17.12.2024
O‘zbekiston Stokholm va Helsingborgda savdo uylarini ochmoqchi
08:20 / 13.12.2024