Qo‘qon aeroporti 1 apreldan o‘z faoliyatini tiklaydi
Farg‘ona viloyatida Qo‘qon aeroportini rekonstruksiya qilish ishlari yakunlandi.
Bugun, 20 mart kuni ertalab aeroport birinchi texnik parvozni qabul qildi – Uzbekistan Airways aviakompaniyasining A320 NEO samolyoti ekipaji Qo‘qon aeroportiga qo‘ndi.
Viloyat aeroportida uchish-qo‘nish yo‘lagi 2000 metrgacha uzaytirildi hamda A320 va ATR72-600 rusumli samolyotlar uchun ikkita to‘xtash joyiga ega perron rekonstruksiya qilindi.
Shuningdek, aeroportda 100 kishiga mo‘ljallangan 900 kv m maydonli yangi yo‘lovchi terminali qurildi.
Uzbekistan Airways uchuvchilari tomonidan Toshkent – Qo‘qon yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan texnik parvoz aerodromning samolyotlarni qabul qilish va jo‘natishga hamda terminalning yo‘lovchilarni qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatishga to‘liq tayyorligini ko‘rsatdi.
Muntazam parvozlarni 2024 yil 1 apreldan boshlash rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
19:37 / 19.12.2024
Xitoy sun’iy orolda dunyodagi eng yirik aeroportlardan birini quradi
13:24 / 16.12.2024
AQShdagi aeroport noma’lum dronlar tufayli yopildi
13:21 / 16.12.2024
Toshkent aeroporti hududidan fuqaroga do‘kon ochishda yordam va’da qilgan shaxs ushlandi
00:04 / 03.12.2024