Iqtisodiyot | 11:23 / 21.03.2024
14445
1 daqiqa o‘qiladi

2024 yilning ikki oyida 2,3 mlrd dollarlik eksport amalga oshirildi 

2024 yil yanvar-fevral oylari yakuniga 2,3 mlrd dollarlik eksport amalga oshirildi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Ogulnur Atayeva ma’lum qildi.

Foto: Kun.uz

Bunda o‘sish 15 foizni (+300 mln so‘m) tashkil qildi. Eksport hajmlari o‘sishi to‘qimachilik (519 mln dollar) meva-sabzavot (150,1 mln dollar), mineral o‘g‘itlar (29,8 mln dollar) hamda turizm (280 mln dollar), transport (228 mln dollar) va axborot (49,6 mln dollar) xizmatlariga to‘g‘ri keldi.

Jumladan, eksportchilar faoliyatini o‘rganish davomida 257 ta muammoli masala aniqlandi va 137 ta muammo hal etildi. Hozirda 38 ta korxonaning 166,8 mlrd so‘m kredit olish bo‘yicha murojaatlari tijorat banklari tomonidan o‘rganib chiqilmoqda.

Shuningdek, karantin va standartlashtirish bilan bog‘liq 26 ta muammodan 13 tasi hal etildi va 10 tasi o‘rganib chiqilmoqda.

Mavzuga oid