Jahon | 12:00 / 21.03.2024
3706
3 daqiqa o‘qiladi

Baydenning maslahatchisi Kiyevda ukrainaliklarni «AQShga ishonishga» chaqirdi

AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jyeyk Sallivan Ukrainaning urushdagi bo‘lajak g‘alabasi haqida gapirar ekan, uning hududlarini qaytarish haqida eslatmadi. 

Foto: Vadim Ghirda/AP/dpa/picture alliance

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 20 mart, chorshanba kuni Kiyevga tashrif buyurgan AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jyeyk Sallivan bilan uchrashuvi natijalari haqida ijobiy fikr bildirdi. «Mudofaa sohasidagi hamkorlik va biz erishishimiz kerak bo‘lgan qo‘shma siyosiy natijalar haqida juda mazmunli, o‘ta aniq suhbat», dedi Zelenskiy vatandoshlariga o‘zining an’anaviy kechki murojaatida.«Davlatimiz va xalqimizni qo‘llab-quvvatlagani uchun Amerikadan minnatdorman. Amerika rahbariyati xalqaro huquq ustuvorligini himoya qilishda kuchli bo‘lib qolishi juda muhim», dedi u. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, «G‘arbning kuchiga shubha» Zelenskiy «aqldan ozgan» deb atagan Rossiya rahbariyatiga yordam beradi. «Ular yutqazishi kerak - bu demokratik dunyo uchun hayot-mamot masalasi», - dedi Ukraina davlati rahbari. 

Sallivan - Ukrainaning Rossiyaga qarshi urushdagi bo‘lajak g‘alabasi haqida 

Shu kuni ertalab Jyeyk Sallivan prezident devoni rahbari Andrey Yermak bilan uchrashuvdan so‘ng qo‘shma brifingda: «Ukraina g‘alaba qozonishi kerak», deya ishonch bildirdi. «Bu nimani anglatadi? Bu Ukraina urushdan suveren, mustaqil, erkin, kelajakdagi tajovuzni oldini olishga qodir, kuchli, dinamik demokratiya, chuqur demokratik institutlar, nafaqat an’anaviy tarzda o‘sib borayotgan iqtisodiyot, balki yuqori texnologiyalar sohasida ham g‘alaba bilan chiqishini anglatadi», deya «Interfaks-Ukraina agentligi AQSh prezidenti maslahatchisining so‘zlaridan iqtibos keltiradi.

Shu bilan birga, Sallivan ukrainaliklarni «AQShga ishonishda» davom etishga chaqirdi. «Biz urushning boshidanoq siz tomonda bo‘ldik, katta yordam berdik va buni har kuni biz uchun mavjud bo‘lgan barcha yo‘llar bilan ko‘rsatishda davom etamiz», deb ta’kidladi Oq uy vakili va AQSh prezidenti Jo Bayden Kiyevga qo‘shimcha yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qonun loyihasini Kongress ma’qullashiga erishishiga ishonch bildirdi.

Ayni paytda, «Ukrainskaya pravda» va «Yevropeyskaya pravda» internet nashrlari e’tibor qaratishicha, Sallivan Ukrainaning kelajakdagi g‘alabasini aniq nima deb hisoblashini tushuntirar ekan, Rossiya tomonidan egallab olingan hududlarni qaytarish haqida gapirmagan.

Mavzuga oid