Jahon | 23:54 / 25.03.2024
32858
2 daqiqa o‘qiladi

«Bundan kim manfaatdor ekani qiziq» - Putin teraktning ehtimoliy buyurtmachilari haqida

Foto: TASS

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat huquq-tartibot idoralari rahbarlari bilan videomuloqot ko‘rinishida yig‘ilish o‘tkazdi.

«Terakt radikal islomchilarning qo‘li bilan amalga oshirilganini bilamiz. Bizni buyurtmachi kim ekani qiziqtiradi. Terakt 2014 yildan buyon Kiyev rejimining qo‘li bilan bizga qarshi urushayotganlar uchun ayni muddao bo‘lishi mumkin. Natsistlar har qanday iflos ishlardan tap tortmay foydalanishadi. Ustiga-ustak hozir ularning qarshi hujumi barbod bo‘lgan vaqt.

Ularning maqsadi Kiyev rejimi hali mavjudligini ko‘rsatish, g‘arblik kuratorlariga quloq solib, oxirgi ukrainalik qolguniga qadar jang qilish.

AQSh har xil kanallari orqali go‘yoki o‘z razvedka ma’lumotlariga ko‘ra hammani teraktga Ukrainaning aloqasi yo‘qligiga ishontirmoqchi. Ular hammasini Rossiyada taqiqlangan IShID qilganiga ishontirmoqchi. Bir savolga javob topish kerak: terrorchilar jinoyatni qilgach, nega Ukraina tomonga qarab qochgan? Ularni u yerda kim kutib turgan?» degan Putin.

Rossiya prezidenti terakt fonida jamoatchilik jipslashgani, odamlar jabrlanganlarga hamdard bo‘lganini aytgan. Shuningdek, rossiyaliklarning umumiy dardi og‘ir bo‘lsa-da, terakt bo‘yicha surishtiruv professional tarzda o‘tishi kerakligini ta’kidlagan.

Mavzuga oid