Ratsiyalardan noqonuniy foydalanib kelgan MChJ rahbari jarimaga tortildi
«O‘zkomnazorat» inspeksiyasining Qashqadaryo viloyat hududiy shu’basi, Elektromagnit moslashuv xizmati hamda shahar IIOFMB 3-son ichki ishlar bo‘limi tomonidan viloyatning qator hududlarida radiomonitoring tadbirlari o‘tkazildi.
«Alisher Navoiy» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida olib borilgan monitoring davomida, ushbu hududda joylashgan yonilg‘i quyish shoxobchasida 2 dona BAOFENG BF888S rusumidagi radiouzatish qurilmasidan ruxsatnomasiz foydalanib kelinayotgani aniqlandi.
Fuqaro tomonidan radioelektron vositalar yoki yuqori chastotali qurilmalarni loyihalash, qurish (o‘rnatish) va ulardan foydalanishning belgilangan qoidalarini, radioayirboshlash va radiochastotalardan foydalanish qoidalarini buzish, radionurlanishning texnik reglamentlari yoki davlat standartlari, normalari va belgilangan tartibda o‘rnatilgan parametrlari talablari buzilgan.
«O‘zkomnazorat» inspeksiyasi Qashqadaryo viloyat hududiy shu’basi tomonidan ushbu huquqbuzarlik sabablari o‘rganib chiqilib, «Radiochastota spektri to‘g‘risida»gi qonunning 12-moddasi, «Radioelektron vositalarni sotib olish va (yoki) o‘rnatish, xorijdan olib kirish, ekspluatatsiya qilishga ruxsat etish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizom»ning 67-bandi, MJtKning 152-moddasi 1-qismiga asosan hujjatlar to‘plami umumlashtirilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudiga yuborildi.
Sud tomonidan yoqilg‘i quyish shoxobchasi rahbariga nisbatan jarima jazosi tayinlangan.
Mavzuga oid
15:10 / 13.12.2024
Onkologik kasalliklar davosi haqida reklama joylashtirgan MChJ jarimaga tortildi
14:47 / 04.12.2024
Germaniyada maktabga kechikkan o‘quvchilarga jarima solish boshlandi
12:29 / 30.11.2024
Jamoat transportiga ajratilgan yo‘lakdan harakatlanish qoidalarini buzganlar uchun jarima joriy qilinmoqda
20:43 / 14.11.2024