Rossiya elchisi Polsha TIVga chaqirtirilganini e’tiborsiz qoldirdi
Rossiya elchisining Polsha TIVga chaqirtirilishi 24 mart kuni G‘arbiy Ukrainani o‘qqa tutish vaqtida Rossiya raketasi tomonidan mamlakat havo hududining buzilgani bilan bog‘liq.
Rossiya elchisi Sergey Andreyev G‘arbiy Ukrainani o‘qqa tutish vaqtida Rossiya raketasi tomonidan mamlakat havo hududi buzilgani munosabati bilan Varshavadagi Polsha Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirilganini e’tiborsiz qoldirdi. Bu haqda 25 mart, dushanba kuni Polsha tashqi ishlar vazirligi vakili Pavel Vronskiy PAP agentligiga ma’lum qildi. Unga ko‘ra, voqea yuzasidan tushuntirish talab qilingan diplomatik nota bevosita Rossiya TIVga yuboriladi.
Polsha TIV vakili, shuningdek, elchining mezbon davlatdagi vazifalari Diplomatik munosabatlar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasida aniq ifodalanganligini eslatdi. «Shuning uchun biz Rossiya elchisi Moskvadagi Tashqi ishlar vazirligining ko‘rsatmalariga amal qilyaptimi yoki u Varshavada Rossiya Federatsiyasi manfaatlarini munosib tarzda ifodalay olyaptimi, degan savolga qiziqyapmiz», dedi u.
Andreyev RIA «Novosti» agentligiga keyinroq aytganidek, u «bu mavzuda dalillar keltirmasdan gapirishning ma’nosi yo‘q deb hisoblaydi va Polsha TIVga borishdan bosh tortdi».
Rossiya raketasi Polsha havo hududida
24 mart kuni ertalab Rossiya raketasi Polsha havo hududiga uchib kirdi. Polsha bosh shtabi ma’lumotlariga ko‘ra, bu mahalliy vaqt bilan soat 4:23da (Moskva vaqti bilan 06:23) Lyublin voyevodeligidagi Oserduv qishlog‘i uzra sodir bo‘lgan. Raketa Polsha havo hududida 39 soniya davomida bo‘lgan.
Raketa nishoni Ukraina g‘arbiy qismi bo‘lgan, deya ta’kidladi bosh shtab. Parvoz vaqtida raketa Polsha harbiy radarlari tomonidan kuzatilgan, deb ma’lumot berdi mahkama. Varshava mamlakat havo hududini himoya qilish choralarini ko‘rgan. Xususan, Polsha va ittifoqchilar havo kuchlari jalb qilingan.
2023 yil oxirida Polsha o‘z havo hududi orqali Rossiya raketasi uchib o‘tgani to‘g‘risida e’lon qilgandi. 2022 yil noyabr oyida Ukraina bilan chegaradagi Polshaning Pshevoduv qishlog‘iga raketa qulab tushdi va ikki tinch aholi halok bo‘ldi. G‘arb davlatlari bu Ukraina zenit-raketasi bo‘lib, Rossiya hujumlaridan himoyalanish uchun foydalanilgan deb hisoblaydi.
Mavzuga oid
10:51
Rossiyada «ChGK» o‘yinchilari uyushmasi «nomaqbul tashkilot» deb e’lon qilindi
23:43 / 05.11.2024
Polshada AQSh va Kanada reyslarida terakt uyushtirishni reja qilgan «GRU» agentlari qo‘lga olindi
15:35 / 05.11.2024
Rossiya armiyasiga yollangan yana bir o‘zbekistonlik 5 yilga qamaldi
09:50 / 05.11.2024