O‘zbekiston | 08:52 / 27.03.2024
3569
1 daqiqa o‘qiladi

Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi o‘z missiyasini yakunlayapti 

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Hindiston elchisi Manish Prabxat bilan uchrashdi.

Foto: Telegram / bakhtiyor_saidov

Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, Manish Prabxat Hindistonning mamlakatdagi elchixonasi rahbari sifatida diplomatik missiyasini yakunlayapti. 

“Biz Elchi janoblarining faoliyati davomida O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida strategik sheriklikni boyitish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholaymiz va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deya ma’lum qildi Baxtiyor Saidov.

Manish Prabxat Hindiston diplomatik missiyasini 2020 yil oktyabr oyidan beri boshqarib kelmoqda.

Mavzuga oid