«Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir kishi ushlandi
U terrorchilik harakatini moliyalashtirish sxemasida ishtirok etgani ta’kidlanmoqda.
Moskvadagi «Krokus Siti Xoll» konsert zalida yuz bergan terrorchilik harakatiga aloqador yana bir gumonlanuvchi qo‘lga olindi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasi xabar berdi.
Tergovchilarga ko‘ra, u «terrorizmni moliyalashtirish sxemasida» ishtirok etgan. Tergov qo‘mitasi suddan uni hibsga olishni so‘raydi. Xabarda gumonlanuvchining shaxsiga oydinlik kiritilmagan.
Hozirgi vaqtda 8 nafar gumonlanuvchining shaxsi ma’lum. Ulardan 4 nafari bevosita konsert zalida odamlarga o‘q uzgan: Dalerjon Mirzoyev, Saidakrami Rajabalizoda, Shamsidin Fariduni va Muxammadsobir Fayzov.
3 nafari terrorchilar foydalangan «Reno» avtomobili bilan bog‘liq: Dilovar Islomov avtomobilning oxirgi egasi bo‘lgan, uning akasi Aminjon Islomov va otasi Isroil Islomov.
Shuningdek, Alisher Qosimov, tergov versiyasiga ko‘ra, o‘z kvartirasini terrorchilarga ijaraga bergan.
Shuningdek, Rossiya Tergov qo‘mitasining ma’lum qilishicha, «Krokus»dagi terakt ijrochilari Ukrainadan mablag‘ va kriptovaluta olgan.
«Qo‘lga olingan terrorchilar bilan ishlash, ulardan qo‘lga olingan texnik vositalarni o‘rganish va moliyaviy operatsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilish natijasida ularning ukrainalik millatchilar bilan aloqasi borligiga oid dalillar olindi», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
13:27 / 25.12.2024
Magdeburgdagi fojia: hujum qilgan shaxs mashinasida vasiyatnoma topildi
15:29 / 11.12.2024
Moskvadagi harbiy sud terrorizm bo‘yicha deyarli barcha ishlarni yashirdi
20:42 / 04.12.2024
Rossiyada «Krokus»dagi teraktga aloqador yana to‘rt kishi qo‘lga olindi
10:57 / 26.11.2024