O‘zbekiston | 14:30 / 31.03.2024
20989
2 daqiqa o‘qiladi

1 aprel kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Harorat ko‘tarilishi davom etmoqda.

Foto: Kun.uz

«O‘zgidromet» 1 aprel, dushanba kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +3...+5 daraja, kunduzi +16...+18 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +1...+6 daraja, kunduzi +15...+20 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +3...+8 daraja, kunduzi +16...+21 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +15...+20 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +3...+8 daraja, kunduzi +18...+23 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +15...+20 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi –3...+2 daraja, kunduzi +5...+10 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid