O‘zbekistonda bolalar kambag‘alligi darajasi yuqori bo‘lgan hududlar ma’lum qilindi
Hisob-kitoblarga ko‘ra, ijtimoiy nafaqalar bo‘lmasa, mamlakatda bolalar kambag‘alligi darajasi 1,6 baravar oshadi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi UNICEF bilan birgalikda O‘zbekistondagi bolalarning monetar kambag‘alligi darajasini baholadi. Tadqiqotda ijtimoiy himoya tizimining kambag‘allik darajasiga ta’siri tahlil qilindi.
O‘zbekistonda uch yil ichida bolalar kambag‘alligi 7,8 foiz punktga kamaydi. Natijalarga ko‘ra, bolalar kambag‘alligi darajasi 2021 yildagi 21,5 foizdan 2023 yilda 13,7 foizgacha kamaydi.
Qishloq joylarda bolalarning kambag‘allik darajasi 24,6 foizdan 14,5 foizgacha, shaharlarda esa 18 foizdan 13 foizgacha kamaydi.
Tadqiqot shuni ko‘rsatganki, bolalar kambag‘alligi darajasi eng past bo‘lgan hududlar Navoiy viloyati va Toshkent shahri bo‘lsa, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida esa bolalar kambag‘alligining nisbatan yuqori ekani qayd etilgan.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, ijtimoiy nafaqalar bo‘lmasa, mamlakatda bolalar kambag‘alligi darajasi 1,6 baravar oshadi.
Mavzuga oid
10:55 / 13.12.2024
Kambag‘al oilalarga biriktirilgan rahbarlarning 1 ming nafari natija ko‘rsata olmadi
14:21 / 10.12.2024
Ukraina RF va egallab olingan hududlardan 5 nafar bolani qaytardi
16:14 / 27.11.2024
Mahallaning faol keksalariga har oy 577 ming so‘mdan to‘lanadi
11:33 / 23.11.2024