Isroil parlamenti «dushman OAV»ni yopish haqidagi qonunni qabul qildi
Qabul qilingan qonun birinchi navbatda Qatar tomonidan moliyalashtiriladigan Al Jazeera telekanaliga qaratilgan bo‘lib, Netanyahu uni «HAMASning karnayi» deb atagan.
Isroil parlamenti (Knesset) 1 aprel, dushanba kuni ikkinchi va uchinchi, yakuniy o‘qishda «Al Jazeera qonuni» deb nomlangan, mamlakatda «dushman OAV»ni yopishga ruxsat beruvchi qonunni ma’qulladi. Hujjat aynan ushbu telekanalga qarshi qaratilgan.
71 deputat yoqlab ovoz berdi, 10 nafar deputat qarshi chiqdi. Qonunga ko‘ra, Isroil aloqa vaziri, bosh vazirning roziligi bilan, agar u haqiqatda davlat xavfsizligiga zarar yetkazadigan bo‘lsa, Isroildan va Isroil hududida chet el kanali efirini to‘xtatishga buyruq berishi mumkin. Bundan tashqari, Aloqa vazirligi bunday ommaviy axborot vositalarining ofislarini yopish va uning veb-saytini bloklash haqida buyruq berishi mumkin.
Netanyahu Al Jazeera’ni yopishga va’da bergan
Qonun loyihasini faol ravishda ilgari surgan aloqa vaziri Shlomo Kari ovoz berishdan keyin Qatar tomonidan moliyalashtiriladigan Al Jazeera telekanalining «yaqin kunlarda» yopilishini va’da qilib, «Isroilda HAMAS karnaylari uchun so‘z erkinligi bo‘lmasligi»ni ta’kidladi, deb yozadi The Times of Israel.
«Biz matbuot erkinligidan Isroil va TsAHAL askarlari xavfsizligiga ziyon yetkazish uchun foydalanadigan, urush paytida terrorizmni qo‘zg‘atayotganlarga qarshi samarali va tezkor vosita yaratdik», - deya Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahu qonunning qabul qilinishini izohladi. U «Al Jazeera’ni yopish uchun zudlik bilan chora ko‘rish»ga va’da berdi, uning so‘zlariga ko‘ra, telekanal xodimlari «7 oktyabr qirg‘inida faol ishtirok etgan». Bosh vazir, shuningdek, telekanalni «HAMASning karnayi» deb atadi.
Oq uy, agar Al Jazeera’ni yopish rejalari haqidagi xabarlar tasdiqlansa, bu «tashvishli fakt» bo‘lishini bildirdi.
Isroil-Falastin mojarosi
7 oktyabr kuni ertalab HAMASning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarshi «Al-Aqso to‘foni» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi. G‘azo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.
HAMASning bildirishicha, operatsiya bosib olingan Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kirish va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zo‘ravonligi kuchayib borayotganiga javoban amalga oshirilgan.
Bunga javoban Isroil armiyasi G‘azo sektorida HAMASga qarshi o‘nlab qiruvchi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qilichlar» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi.
Isroil-Falastin mojarosi avj olgandan beri 32 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘ldi. Isroilda qurbonlar soni 1400 dan oshadi. G‘azoning 2,3 million aholisi Isroilning havodan ommaviy bombardimon qilishi va eksklavning to‘liq blokadasi tufayli oziq-ovqat, suv va dori-darmonlar tanqisligidan aziyat chekmoqda.
Mavzuga oid
14:07
Isroilda favqulodda holat yana bir yilga uzaytirildi
16:05 / 24.12.2024
«Mossad» xodimlari «Hizbulloh» peyjerlari va ratsiyalarini portlatish amaliyoti qanday tayyorlanganini aytib berishdi
12:01 / 24.12.2024
Isroil Eronda Hamas yetakchisi Ismoil Haniyani o‘ldirganini ilk bor tan oldi
00:02 / 22.12.2024