O‘zbekiston | 09:44 / 02.04.2024
13137
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

“O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi xalqaro bozorlardagi ishtirokini kengaytirmoqda

“Moody's” xalqaro reyting agentligi tomonidan e’lon qilingan “MDH mamlakatlari sug‘urtalovchilarining qayta sug‘urtalash biznesining o‘sishi va yangi risklar to‘g‘risida”gi hisobotiga ko‘ra, MDH sug‘urta kompaniyalari O‘zbekiston va Qozog‘iston kompaniyalari yetakchiligida xalqaro qayta sug‘urtalash bozorlarida o‘z ishtirokini sezilarli darajada kengaytirmoqda.

Foto: O‘zbekinvest

Agentlik tahlilchilari “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi AJ va “Yevraziya sug‘urta kompaniyasi” AJ (Qozog‘iston) MDH mintaqasida xalqaro qayta sug‘urtalash mukofotlarining eng katta qismini egallashda davom etishini kutishmoqda.

2023 yilda O‘zbekiston va Qozog‘istonda xalqaro sug‘urta mukofotlari qariyb 40 foizga o‘sdi va tahlilchilarning fikricha, kelgusi 12-18 oy ichida ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri sug‘urtalash mukofotlariga qaraganda tezroq o‘sadi:

“Biz sug‘urtachilardan o‘zlarining geografik va biznes diversifikatsiyasini yaxshilashlarini va xalqaro kengayishlarini oqilona boshqarish sharti bilan ularning rentabelligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishlarini kutamiz”, - deyiladi hisobotda.

Shu bilan birga, sug‘urtalovchilarning risklarni boshqarish tajribasi tashqi risklar ta’sir qilishining ortishi bilan sinovdan o‘tadi.

Joriy yilning 27 marti «Moody’s» agentligi tomonidan “MDH sug‘urtalovchilarini nima kutmoqda? Xavflar, qiyinchiliklar va imkoniyatlar" mavzusida xalqaro veb-seminar tashkil qilindi.

“O‘zbekinvest” kompaniyasi rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan ushbu munozarada e’lon qilingan hisobotga oid qator masalalar, sug‘urtalovchilarning imkoniyatlari va istiqbollari, shuningdek, xalqaro bozorlarda samarali faoliyat yuritish talablari muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun: “O‘zbekinvest” kompaniyasi 2023 yilda xalqaro sug‘urta bozorida o‘z faoliyatini kengaytirib, qayta sug‘urta mukofotlarining yalpi yig‘ilishini 136 ta mamlakatda 693,4 milliard so‘m miqdorida ta’minladi.

Kompaniya portfelidagi xalqaro sug‘urta ulushi so‘nggi yetti yil ichida 0,1 foizdan 48,5 foizgacha o‘sdi.

Allianz SE, Zurich Insurance Group, Tokio Marine & Nichido Fire Insurance Co, AXA, People Insurance Company of China, Korean Reinsurance Company, Marsh, AON, UIB, Consilium Insurance Brokers Ltd. va boshqa shular kabi taniqli transmilliy sug‘urta va global qayta sug‘urtalash kompaniyalari va brokerlari bilan ish olib boriladi.

Moody’s Investors Service Ltd. (AQSh) xalqaro reyting agentligi «O‘zbekinvest» sug‘urta kompaniyasining moliyaviy mustahkamlik reytingi prognozi «Ba3», «Ijobiy» darajasida berilgan.

Koll-markaz: (+998) 71−207−60−001160

Sayt | Facebook |Instagram | Telegram | YouTube

Mavzuga oid