Sankt-Peterburgda dissident Aleksandr Skobov qo‘lga olindi
Aleksandr Skobov huquq himoyachisi Ribakovning xonadonida ushlangan. Qayd etilishicha, u «terrorchilik faoliyatiga ko‘maklashish»da ayblanmoqda.
Publitsist, sovet dissidenti Aleksandr Skobov Sankt-Peterburgda, huquq himoyachisi Yuliy Ribakov va u bilan birga bo‘lgan rafiqasi Yekaterina Molostvovaning kvartirasida qo‘lga olindi. Bu haqda 3 aprel, chorshanbaga o‘tar kechasi inson huquqlari bo‘yicha «OVD-Info» loyihasi, shuningdek, Molostvovaning o‘zi xabar berdi.
Jurnalist Sergey Kovalchenko tomonidan boshqariladigan «Zanimatelnaya konspirologiya» Telegram-kanali va «Fontanka» internet-nashriga ko‘ra, Skobov «terrorchilik faoliyatiga ko‘maklashish»da ayblanmoqda.
2024 yil 22 martda Rossiya hukumati Aleksandr Skobovga «chet el agenti» maqomini berdi. «Adliya vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, u davlat organlari qarorlari to‘g‘risida «yolg‘on ma’lumot tarqatgan», urushga qarshi chiqqan, «Rossiya Federatsiyasini terroristik tashkilot deb hisoblagan», «nomaqbul tashkilot» faoliyatida ishtirok etgan, «chet el agenti materiallarini» tuzgan va tarqatgan», deb eslatadi «OVD -Info».
Ayni paytda, Yuliy Ribakov «Fontanka» internet-nashriga tergovchi va unga hamroh bo‘lgan IIV xodimlari 66 yoshli Skobovga qandli diabetga qarshi muhim dori-darmonlarni o‘zi bilan olib ketishga ruxsat bermaganini aytdi. Ribakovning so‘zlariga ko‘ra, «Skobov «Krokus»dagi terakt haqida hech narsa yozmagan, lekin Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi munosabatlar haqida ko‘p fikr bildirgan».
DW ma’lum qilishicha, Skobovning o‘zi qo‘ng‘iroq chalinganida xavfsizlik kuchlari uchun eshikni ochgan, ehtimol itlarni sayr qildirish uchun chiqqan uy egasi qaytib keldi, deb o‘ylagan.
SSSR va RFda Aleksandr Skobovning ta’qib qilinishi
1978 yilda Aleksandr Skobov «Chap muxolifat» guruhi va hukumatga qarshi jurnal faoliyatida faol ishtirok etgani uchun hibsga olingan. Keyinchalik, sud hukmi bilan u psixiatriya shifoxonasiga yotqizilgan va u yerdan 1987 yilning yozida ozod qilingan.
«Okna» loyihasiga ko‘ra, ayni paytda Rossiyada Aleksandr Skobovga nisbatan «nomaqbul tashkilot» – ozod Rossiya forumi faoliyatida ishtirok etgani uchun ma’muriy ish yuritilmoqda.
Mavzuga oid
16:22 / 06.12.2024
Rossiya Polshaning Sankt-Peterburgdagi bosh konsulligini yopadi
08:50 / 27.11.2024
Peterburgda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
13:30 / 21.10.2024
Sankt-Peterburgda UUA urib tushirilganidan keyin yuzlab uylar «svet»siz qoldi
10:15 / 24.06.2024