Isroil G‘azodagi ko‘ngillilar xatolik tufayli o‘ldirilganini tan oldi
TsAHAL rahbariyati 2 nafar ofitserni lavozimidan chetlatdi, 3 nafariga hayfsan berdi.
Ikki yuqori martabali isroillik ofitser shu hafta boshida Falastinning Dayr al-Balah hududida World Central Kitchen (WCK) xayriya tashkilotining 7 nafar xodimi o‘limiga olib kelgan bir qator «jiddiy xatolar» uchun lavozimidan chetlatildi va yana 3 nafariga hayfsan berildi. Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari (TsAHAL) ma’lum qildi.
«Tergov natijalari shuni ko‘rsatdiki, voqea sodir bo‘lmasligi kerak edi. Zarbani ma’qullaganlar nishonlar WCK xodimlari emas, balki qurollangan HAMAS jangarilari ekaniga ishonch hosil qilgan. Gumanitar transport vositalariga zarba berish - bu noto‘g‘ri identifikatsiya, zarba berish haqida noto‘g‘ri qaror qabul qilish oqibatidir, bu jiddiy xato», deyiladi xabarda.
Tergov natijasida TsAHAL bosh shtabi boshlig‘i Gersi Halevi o‘t o‘chirish brigadasi komandiri va brigada boshlig‘ini egallab turgan lavozimidan ozod etishga qaror qilgan. Bundan tashqari, brigada komandiriga, 162-diviziya komandiriga, shuningdek, janubiy qo‘mondonlik komandiriga rasman hayfsan berilgan.
2 aprel kuni TsAHAL zarbasi oqibatida WCK gumanitar tashkilotining 7 nafar xodimi (Falastin, Avstraliya, Britaniya, Polsha fuqarolari hamda Kanada va AQSh fuqaroligiga ega bo‘lgan ko‘ngillilar) halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Ular avtomobillarda 100 tonna insonparvarlik yordamini tarqatish uchun jo‘nab ketayotgan edi. Shundan so‘ng, bir qator xorijiy yuqori martabali siyosatchilar Isroilga o‘z noroziliklarini bildirishdi.
Bosh vazir Binyamin Netanyahu, o‘z navbatida, Isroil «bunday holat hech qachon takrorlanmasligiga» ishonch hosil qilish uchun hamma narsani qilishini aytdi. «Bu urush paytida sodir bo‘ladigan hodisa», dedi siyosatchi.
WCK Isroilning G‘azo sektoridagi ko‘ngillilarga qarshi zarbasini tekshirish uchun mustaqil komissiya tuzishni talab qildi. «Biz hamkasblarimiz o‘limini tergov qilish uchun mustaqil komissiya tuzishni talab qilamiz. TsAHAL G‘azodagi o‘z xatosi bo‘yicha ishonchli tekshiruv o‘tkaza olmaydi», deyiladi WCK saytida chop etilgan bayonotda.
Mavzuga oid
16:05 / 24.12.2024
«Mossad» xodimlari «Hizbulloh» peyjerlari va ratsiyalarini portlatish amaliyoti qanday tayyorlanganini aytib berishdi
12:01 / 24.12.2024
Isroil Eronda Hamas yetakchisi Ismoil Haniyani o‘ldirganini ilk bor tan oldi
00:02 / 22.12.2024
Vladimir Putin: «Suriyadagi voqealar benefitsiari - Isroil»
16:40 / 20.12.2024