O‘zbekiston | 07:16 / 05.04.2024
10001
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Toshkentda sezildi

Zangiota, Uchtepa va Olmazor tumanlarida zilzila kuchi 2 ballni tashkil etgan. 

FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, 5 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 04:36 da Qozog‘istonda zilzila sodir bo‘ldi

Zilzila koordinatalari: 41,36 gradus shimoliy kenglik; 69,02 gradus sharqiy uzunlik. 

Magnituda M=3,2. Chuqurlik 10 km. Zilzila episentri Toshkentdan 20 km shimoli-g‘arbda.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

  • Zangiota tumanida 2 ball, 12 km;
  • Uchtepa tumanida 2 ball, 15 km;
  • Olmazor tumanida 2 ball, 17 km.

Mavzuga oid