O‘zbekiston | 07:23 / 06.04.2024
12187
1 daqiqa o‘qiladi
Turkiya Tojikiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qildi
Tojikiston fuqarolari endi Turkiyaga vizasiz kira olmaydi. Tegishli farmon Resmi Gazete’da chop etildi va prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an tomonidan imzolandi.
«Tojikiston fuqarolarining Turkiyaga umumiy fuqarolik pasporti orqali kirishi bo‘yicha vizasiz rejimni bekor etishga qaror qilindi», — deyiladi hujjatda.
Qaror rasmiy e’lon qilingan paytdan e’tiboran kuchga kiradi.
Ilgari Tojikiston fuqarolari Turkiyaga sayohat maqsadi turizm bo‘lsa va qolish muddati 90 kundan oshmasa, vizasiz borishi mumkin edi.
Aprel oyi boshida Istanbulda Tojikiston fuqarosi va Qirg‘iziston fuqarosi terrorchilik aktini tayyorlashda gumonlanib qo‘lga olingan edi.
Mavzuga oid
17:38
Turkiyada portlovchi moddalar ishlab chiqaruvchi zavodda portlash sodir bo‘ldi
00:45 / 23.12.2024
Turkiya TIV rahbari Suriyaga qarshi sanksiyalarni tezroq bekor qilishga chaqirdi
17:52 / 17.12.2024
WSJ: AQSh Suriya chegarasida turk qo‘shinlari to‘planayotganidan xavotirda
18:39 / 14.12.2024