Jahon | 09:19 / 08.04.2024
8661
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya: Tojikiston fuqarolari uchun viza rejimi - vaqtinchalik

Viza rejimi 20 apreldan kuchga kiradi. Tojikiston fuqarolari Turkiyadan tranzit punkti sifatida foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Foto: Arif Kurtulus/DW

Turkiyaga borishni xohlovchi Tojikiston fuqarolari uchun viza rejimining joriy etilishi vaqtinchalik chora hisoblanadi. Bu haqda 7 aprel, yakshanba kuni Turkiyaning Dushanbedagi elchixonasi Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi. «Vizalar 2024 yil 20 apreldan boshlanadi. Shu kungacha Tojikiston fuqarolari uchun Turkiyaga vizasiz sayohat qilish mumkin», deyiladi xabarda.

5 aprel kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Tojikiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qilish haqidagi farmonni imzoladi. Qarorda buning sabablari ko‘rsatilmagan bo‘lsa-da, Rossiya OAV buni Tojikiston fuqarolari gumon qilinayotgan «Krokus Siti Xoll»da yaqinda sodir etilgan terakt bilan bog‘lamoqda. 

«Krokus»ga hujum qilganlarning ikki nafari teraktdan oldin Turkiyada bo‘lgan

Mart oyi oxirida Anqara Moskvaga Rossiya «FSB» «Krokus» terakti bevosita aybdorlari deb hisoblagan Tojikistonning to‘rt fuqarosidan ikki nafari Turkiyada ma’lum muddat ro‘yxatdan o‘tmagan holda bo‘lgani haqida ma’lumot berdi. 2 mart kuni ular Moskvaga qaytgan. Turkiya ommaviy axborot vositalarining yozishicha, Turkiya va Rossiya Moskva viloyatidagi terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan IShID terror tashkiloti faoliyati haqida ma’lumot almashishni kuchaytiradi. 

Mavzuga oid