Ikki hududda valuta qimmatliklari noqonuniy muomalaga kiritilishi oldi olindi
Sirdaryo va Navoiy viloyatlarida valuta qimmatliklari noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan Sirdaryo tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda, valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan N.T. (muqaddam sudlangan) jami 4 000 AQSh dollarini fuqaro A.A.ga 50,8 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Xuddi shunday, departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan Navoiy shahrida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda, valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan A.U. va A.N. jami 3 000 AQSh dollarini fuqaro F.N.ga 38,1 so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
14:02 / 20.12.2024
Chet el valutasidagi operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi belgilandi
16:38 / 06.12.2024
Markaziy Osiyo mamlakatlari vegetatsiya mavsumi uchun suvni taqsimlab oldi
15:57 / 26.11.2024
Kuvayt Sirdaryoda ko‘p qavatli uylar qurishi mumkin
15:16 / 24.11.2024