Rossiya Ukraina energetika obektlariga zarba berishning yangi taktikasini qo‘llamoqda. Urush suratlari
Ukrainada urushning 775-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Rossiyaning Zaporijjya bo‘ylab raketa zarbasi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. RF mudofaa vazirligi buni Rossiyadagi neftni qayta ishlash zavodlariga dronlar hujumiga javob deb atadi.
- Ukrainalik ko‘ngillilarga uyga qaytishda yordam ko‘rsatgan ko‘ngilli Aleksandr Demidenko tergov izolyatorida halok bo‘ldi.
- Belgorod oblasti gubernatori dronlardan himoyalanish texnikalari bilan jihozlanmagan qishloq xo‘jaligi kompaniyalariga tovon puli to‘lamaslikni taklif etdi.
- Reuters Rossiya Qozog‘istondan ukrainlar hujumlari tufayli taqchillik yuzaga keladigan taqdirda benzin yetkazib berishni so‘ragani haqida xabar tarqatdi. Qozog‘iston Rossiya uchun benzin zaxirasini yaratayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
- Yevropadagi mudofaa kompaniyalari Xitoy paxtasiga qaramlik tufayli o‘q-dori ishlab chiqarish hajmini o‘stira olmasligidan xavotirlanmoqda — undan porox tayyorlashda foydalaniladi.
- Financial Times RF qurolli kuchlari Ukraina energetika infratuzilmalari bo‘ylab zarba berish taktikasini o‘zgartirgani va o‘z hujumlarini muayyan regionlarga qaratgani haqida xabar berdi.
- RF qo‘shini Ukrainaga dronlar bilan hujum qildi. Ukraina qurolli kuchlari 24 ta pilotsiz qurilmadan 17 tasini urib tushirgani haqida ma’lum qildi.
Ukraina energetika infratuzilmalariga zarbalar oqibatlari
Rossiya qo‘shini so‘nggi haftalarda Ukraina energetika infratuzilmalari obektlariga hujumlarni kuchaytirdi. Shu bilan birga, The Financial Times gazetasi yozishicha, Rossiya katta ehtimol bilan taktikani o‘zgartirib, nishon sifatida nisbatan kam himoyalangan hududlardagi elektr stansiyalarni tanlamoqda. Xususan, nashr 22 martdan 29 martga qadar Rossiya yaxshi himoyalangan Kiyev oblastidan tashqaridagi yettita issiqlik elektr stansiyalari va ikkita gidro elektr stansiyalariga hujum qilganiga e’tibor qaratgan.
Ukrainaning DTEK energetika kompaniyasi ijrochi direktori Maksim Timchenko FT nashri bilan suhbatda hozirda Rossiya qisqa muddatda tiklashning imkoni bo‘lmagan elektr stansiyalar bo‘ylab zarbalar bermoqda. «Ular yirik sanoat regionlari va shaharlarini elektrsiz qoldirishga harakat qilmoqda», — degan «Ukrenergo» kompaniyasi kommunikatsiyalar bo‘limi xodimi Mariya Tsaturyan.
Quyida Ukrainaning eng yirik energiya ishlab chiqaruvchi kompaniyasi — DTEK obektlari bo‘ylab Rossiya zarbalari oqibatlari aks etgan suratlar.
Xarkiv atrofini minalardan tozalash jarayoni
Rossiya qo‘shini keng ko‘lamli bosqin boshida Xarkivni egallab olishga harakat qilgandi, ammo ukrain mudofaachilari shaharni saqlab qoladi. Human Righs Watch huquqni himoya qilish tashkiloti xabariga ko‘ra, Xarkiv atrofidagi janglarda boshqa vositalar qatori piyodalarga qarshi minalardan faol foydalanilgan, bu esa 1996 yilda BMTning Ottava konvensiyasini imzolagan ko‘plab mamlakatlarda (Rossiya ular qatorida emas) taqiqlangan. Hozirda ukrainalik qutqaruvchilar Xarkiv atrofidagi hududlarni minalar va portlamay qolgan snaryadlardan tozalamoqda.
Horlivka o‘qqa tutilishi oqibatlari
O‘zini o‘zi e’lon qilgan va Donetsk oblastidagi Horlivka shahrini nazorat qiluvchi DXR rasmiylari muntazam ravishda Ukraina qurolli kuchlarini ushbu aholi yashash manzilini o‘qqa tutishda ayblab keladi.
Mavzuga oid
21:53 / 25.12.2024
Ukraina Rossiya bilan iqtisodiy urushda g‘alaba qozonmoqda - The Economist
21:15 / 25.12.2024
Ukraina bo‘ylab bayram kechasi yopirilma zarbalar yo‘llandi
16:21 / 25.12.2024
Rossiyadagi KXDR harbiylari: ular qanday jang qiladi va dezertirlik qilishi mumkinmi?
11:00 / 25.12.2024